FORS QO’LTIG’I

FORS QO’LTIG’I — Hind okeanidagi qo’ltiq, Eron bilan Arabiston yarim oroli qirg’oqlari oralig’ida. Sharqda Ho’rmuz bo’g’ozi va Ummon qo’ltig’i orqali Arabiston dengizi bilan bog’langan. Maydoni 240 ming kilometr kvadrat, uzunligi 926 kilometr, eni 180 dan 320 kilometrgacha. Eng chuqur joyi 115 metr. Qirg’oqqa yaqin qismida Orol ko’p, Janub qismida marjon riflari bor. Fors qo’ltig’iga Shatt ul-Arab daryosi quyiladi. Suv temperaturasi avgustda 30-33°, Fevralda 15-21°. Sho’rligi 30— 40%o. Baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Fors qo’ltig’i tubida va unga tutash xududlarda katta neft havzasi bor. Asosiy portlari: Fao, Basra, Obodon, Kuvayt, Manama, UmmSaid va boshqalar.