FORUM

FORUM (lot. forum) — 1) qadimgi Rimda siyosiy hayotning markazi jamoat maydoni. Forumda bozor, ibodatxonalar, sud, xalq yig’inlari va boshqa maqsadlar uchun qurilgan afzalliklar, senat, shahar boshqarmasining binolari bo’lib, atrofi ustunli peshayvon va haykallar bilan bezatilgan; 2) ommaviy yig’in, majlis, kengash, yirik anjuman (masalan, jurnalistlar Forumi; Jahon yoshlari Forumi va boshqalar).