FOSFATLI OZUQALAR

FOSFATLI OZUQALAR — tarkibida fosfor va kaltsiy bo’lgan va mollarga beriladigan mineral ozuqa. Sanoatda chorvachilik uchun ozuqa sifatida ftorsizlangan fosfat (35% gacha sa, 17% R), trikaltsiy fosfat (kamida 32%sa, 14%R), dikaltsiy fosfat yoki ozuqa presipitat (kamida 16,6% sa, 16,6% R), suyak uni (kamida 28,6% sa, 13,4% R) va suyak kuli (ratsionda fosfor va sa etishmaganda foydalaniladi), diammoniy fosfat (8,6%R, 13,1% N; rasionda fosfor etishmaganda va kaltsiy ortiqcha bo’lganda qo’llaniladi) ishlab chiqariladi. Rasionda Fosfatli ozuqalar miqdori mollarning yoshi, vazni va mahsuldorligiga qarab belgilanadi. Mas, bir sutkada qoramollarga 50-200 g, tana va novvoslarga 20-100 g Presepitat, trikaltsiy fosfatdan tegishlicha 50-75 va 25-100 g berish mumkin. Fosfatli ozuqalar aralash yem, silos, turup, maydalangan ildizmevalarga qo’shib beriladi.