FOTOSFERA

FOTOSFERA (foto… va sfera) — yulduzlar atmosferasining ko’zga ko’rinadigan eng pastki va zich qatlami. Yulduzlar sochaetgan optik to’lqinlardagi nurlanish. Fotosfera spektri Fraungofer chiztshlari bilan kesilgan uzluksiz spektrdan iborat. Quyosh Fotosferaning qalinligi uning radiusining 0,001 qismiga, yulduzlarda esa radiusining 10~4-10~3 qismiga, oq mitti yulduzlarda ~10~6, gigant va o’tagigant yulduzlarda esa 10~3-10~2 qismiga teng. Fotosfera gazining o’rtacha zichligi qaynoq yulduzlarda 10~9 g/sm3, oq mitti yulduzlarda 10~6 g/ sm3. Quyosh Fotosferasi yaxshi o’rganilgan: qalinligi -300 kilometr, tempraturasi 4500— 8000° K, gaz bosimi 10~5-10~3 Dina/sm2.