FOTOTRANZISTOR
FOTOTRANZISTOR (foto… va tranzistor) — yorug’likni sezuvchi va bunda sodir bo’ladigan elektr tok kuchini kuchaytiruvchi yarim o’tkazgichli asbob. Fototranzistor germaniy yoki kremniyli monokristall yarimo’tkazgichli plastinadan iborat; unda tranzistorpiknta o’xshash 3 soha — emitter, kollektor va baza bor. Fototranzistor bazasida chiqarilgan uchligi bo’lmasligi bilan tranzistordan farq qiladi. Fototranzistor tashqi zanjirga bipolyar (bir qutbli) tranzistorga o’xshash ulanadi. Yorug’lik bazaga tushganda, unda juft zaryad tashuvchilar (elektron va kovak) hosil bo’lib, kollektorli o’tishda elektr maydon yordamida bo’linadi. Natijada baza sohasida asosiy tashuvchilar to’planadi, bu esa emitterli o’tishdagi potentsial to’siqni kamaytirishga va Fototranzistor dan o’tayotgan tokning ortishiga olib keladi. Fototranzistor nazorat va avtomatik tizimlarida yoritilganlik datchiklari sifatida, kinoqurilmalarda tovushni qayta eshittirish va boshqalarda ishlatiladi.