FOYDA SOLIG’I
FOYDA SOLIG’I — xo’jalik yurituvchi subyektlarning foydasidan olinib, budjetning muhim daromadlaridan biri hisoblanadi. Bu to’g’ri (bevosita) soliqdir. Uning summasi soliq to’lovchi korxonaning yakuniy moliyaviy natijalariga bog’liq bo’ladi. Moliya yilida soliq solinadigan foydaga ega bo’lgan yuridik shaxslar foyda solig’ini to’lovchilar hisoblanadi. Yalpi foyda bilan ma’lum chegirmalar o’rtasidagi farq sifatida hisoblangan foyda soliqqa tortish obyektidir. Foyda solig’i barcha soliqlar to’Iangandan so’ng korxona ixtiyoriga qolgan foyda hisobidan to’lanadi.