FOZILOV NOSIR

FOZILOV NOSIR (1929.10.6, Qozog’iston Respublikasining Turkiston tumani) — yozuvchi, tarjimon. Uzbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1990). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1954). «Gulxan» jurnalida mas’ul kotib (1955-59), G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bo’lim mudiri (1959-63; 1975-82), «Sharq yulduzi» jurnalida mas’ul kotib (1963-75; 1982-84; 1986-92). Birinchi to’plami — «Irmoq» (1959). «Oqim» (1962), «robinzonlar» (1964), «qush qanoti bi-lan» (1965), «qorxat» (1968), «ko’klam qissalari» (1970), «Bolaligim — poshsholigim» (1989), «bir otar to’pponcha» (1995), «Shum bolaning nabiralari» (1995), «Toshkentning nosi» (1996) va boshqa asarlar muallifi. Hikoya va qissalari milliy bo’yoqlarining yorqinligi, tilining jozibadorligi, xalq turmushi manzaralarining, ayniqsa, bolalarning ichki dunyosi, o’y-kechinmalarining jonli tasviri, ko’tarinki ruhi bilan ajralib turadi. Asarlarida cho’l tabiatiga xos manzaralar shoirona chizilgan. Qoraqalpoq va qozoq yozuvchilarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999). As: tanlangan asarlar [2 j.li], T., 1982— 83; Ustozlar davrasida, T., 1989; Munavvar lahzalar, T., 1997; Sayd Ahmad noming baland, T., 1999; eslasang, ko’ngling yorishur, T., 2004.