FRANK DAVLATI

FRANK DAVLATI — ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi davlat (5-asr oxiri -843). 5-asr oxirida G’arbiy Rim imperiyasining Galliya viloyatini Xlodvig 1 rahbarligidagi franklar tomonidan bosib olinishi jarayonida vujudga kelgan. Buyuk Karlning harbiy yurishlari natijasida o’z tarkibiga G’arbiy Yevropaning deyarli butun qismi va Markaziy Yevropaning bir qismini kiritgan. Frank davlatini Merovinglar (751 yildan), Karolinglar (800 yildan imperatorlar) sulolalari boshqargan. 843 yildagi Verden bitimiga ko’ra, Frank davlati hududi Buyuk Karlning nabiralari tomonidan o’zaro taqsimlab olingan, xususan, Lotarga Italiya hududi, Reyn va Rona daryolari buyidagi yerlar (keyinchalik Lotaringiya) tekkan. Karl Kalboshga Reynning g’arbidagi yerlar va Lyudovikka Reynning sharqidagi yerlar berilgan.