FRANK GERS TAJRIBASI

FRANK GERS TAJRIBASI — atom ichki energiyasining diskretligini isbotlovchi tajriba. Birinchi bo’lib 1913 yilda J. Frank va G. Gers o’tkazgan. Simob bug’i’ bilan to’ldirilgan elektrovakuum nayning K katodi va S, to’riga elektronlarni tezlatuvchi kuchlanish, S2 to’r va A anodga esa sekinlashtiruvchi U kuchlanish berilgan va tok kuchi / ning U ga bog’lanishi olingan. I sohada tezlashgan elektronlar II sohada simob atomlariga uriladi. Elektronlarning to’qnashishdan keyingi energiyasi III sohadagi sekinlashtiruvchi kuchlanishni engib o’tishga etarli bo’lsa, ular anodga yetib boradi. Demak anod toki elektronlarning urilishda energiya yo’qotishiga bog’liq. Tajriba elektronning energiyasi E<4,9 ev bo’lganda ularning simob atomlari bilan to’qnashishi elastik bo’lishini (energiya yo’qotmaydi), E>4,9 ev bo’lganda esa to’qnashish noelastik bo’lib, har to’qnashishda elektron simob atomiga 4,9 ev energiyasini berishini ko’rsatadi. Bu atomning ichki energiyasi uzluksiz o’zgarmay, sakrab o’zgarishini isbotlaydi.