FRANTSIYA
FRANTSIYA (France). Frantsiya Respublikasi (Republigue Franchise) — G’arbiy Yevropadagi davlat. G’arbda va shimolda Atlantika okeani hamda Lamansh bo’g’ozi, Janubda O’rta dengiz bilan o’ralgan. Maydoni 547,03 ming kilometr kvadrat. Aholisi 60,424 million kishi (2004). Poytaxti — Parij shahri. Ma’muriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga bo’lingan. Frantsiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, yangi Kaledoniya, Frantsiya Polineziyasi, tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va Senper va Mikelon) bor. Davlat tuzumi. Frantsiya — respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1958 yil referendumda qabul qilingan (bir necha marta o’zgartishlar kiritilgan). Davlat boshlig’i — prezident. Uumumiy va to’g’ridan-to’g’ri ovoz berish yo’li bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palata (Milliy Majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. Frantsiyaning Sharq va Janubda tog’ tizmalari, markazining Janub qismida tog’va keng tekisliklar bor. Alp tog’lari bilan yura tog’lari Italiya va Shveytsariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. Frantsiyadagi Alp tog’larining ko’p cho’qqilari 4000 metrdan ziyod. Eng baland joyi — Monblan tog’i (4807 metr). Balandligi 1700 metrgacha bo’lgan yura tog’lari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shimoliy Sharqiy tomonidan Reyn bo’ylab, Frantsiya Germaniya chegarasi o’tadi. Bu joyda balandligi 1424 metr bo’lgan Vogez tog’ tizmasi mavjud. Frantsiya va Ispaniya o’rtasida tabiiy chegara bo’lgan Pirenei tog’larining balandligi Frantsiya tomonida 3298 metrga (Vinmal) yetadi. Frantsiyada foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xom ashyosi, qo’rg’oshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam mikdorda. Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz iqlimi. Frantsiya iqlimi qishloq xo’jaligi uchun qulay. Mamlakatning ko’p qismida okean iqlimi. G’arb va shimolda Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, mo’tadil iklimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil bo’yi yomg’ir yog’ib turadi. O’rta dengiz sohillari, yura, Rona pasttekmsliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shimoli Sharqdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvar Fevralda o’rtacha temperatura 13°, G’arb va Janubi g’arbda 5-7°, mamlakat Janubda 8-10°. Iyul va avgustda tekisliklarda 16-18°, shimolda 20-22°, Janubi g’arbda 23-24″. Yillik yog’inning eng ko’pi (1500-2000 millimetr) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei tog’larining g’arbiy qismiga to’g’ri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi o’tgan. Frantsiyada ko’l kam, Jeneva ko’lining ko’p qismi Shveytsariya xududida joylashgan. Tuprog’i qo’ng’ir o’rmon tuproqlari, sho’rxok kulrang, chimli kulrang, qo’ng’ir rendzin, kulrang hamda «Terra rossa» deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. O’rmonlar mamlakat hududining 20% ni tashkil etadi. Shimolda keng bargli urmonlar (dub, qayin, shumtol), O’rta dengiz sohilida dub va qarag’ay o’sadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi o’rmon mushugi, tulki, bo’rsiq, bug’u, kiyik, to’ng’iz, Olmaxon, quyon; tog’ tepalarida tog’ echkisi, Olmaxon, Alp sug’uri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxurak, yakantovuq, olaqarg’a, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, Jan. da qizil g’oz yashaydi. Daryolarda turli baliqlar bor. Mamlakat hududining 10% himoya ostiga olingan. Ular: milliy bog’ (Ekren, Sevenn va boshqalar), hududiy milliy bog’ va kichik tabiiy qo’riqxonalar. Ko’p qo’riqxonalar tog’larda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bog’lari, Pireneydagi Neuvel qo’riqxonasi). Aholisining 90% dan ko’proga frantsuzlar; shuningdek, Elzas va lotaring, katalon, Breton, flamand va Basklar ham yashaydi. 3,5 million muhojir (Jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va boshqalar) bor. 4 million musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — frantsuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73%. Aholining 80% xristian (katolik), 5% ga yaqini musulmon, 2% protestant, 1% yaxudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nissa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpele, Lill. Tarixi. Frantsiya hududida odam juda qadim zamondan, taxminan 1 million yildan buen yashab keladi. Miloddan avvalgi 6-5-asrlarda Frantsiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr o’rtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2-4-asrlarda aholi o’rtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3-6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi («Frantsiya» franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida G’arbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Frantsiya mustaqil davlat bo’lib qoldi. 10-asrdan mamlakat «Frantsiya» deb atala boshladi. 1302 yil dastlabki Bosh Shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya o’rnatildi. Frantsiya bilan Angliya urtasida bo’lgan yuz yillik urush (1337-1453) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli og’irlashib, Jakeriya (1358) va xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi. 15-asr 2-yarmida Frantsiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Frantsiya qirollari G’arbiy Yevropada o’z siyosiy ta’sirini o’rnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar. 17-asrga kelib Frantsiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2-yarmida Frantsiya G’arbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun bo’lib o’tgan urush (1701 — 14) va nihoyat yetti yillik urush (1756-63) natijasida Frantsiyaning shimoliy Amerika (Kanada va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga o’tdi. 16— 17-asrlarda frantsuz millati shakllandi, shim. frantsuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida o’tgan Buyuk frantsuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning cho’qqisi bo’lgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy Konvent 1792 yil 22 sentabrda Frantsiyada respublika tuzumini o’rnatdi. Konvent 1793 yil 24 iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794-95) va Direktoriya rejimi (1795-99) dan so’ng Napoleon I Bonapartning birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804 yildan imperiya) o’rnatildi. Napoleon davrida Frantsiya ko’pgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Frantsiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Frantsiyaga tamomila qaram bo’lgan davlatlar paydo bo’ldi. Ammo shunga qaramay, Frantsiyaning Yevropada o’z hukmronligini o’rnatishga bo’lgan intilishi mag’lubiyatga uchradi. 1814-15 va 1815-30 yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815 yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815 yil 18 iyun) u mag’lubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Frantsiya 1790 yilgi chegarasiga qaytarildi. 1830 yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi ag’darib tashlandi. Frantsiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb e’lon qilindi. 1848 yil Fevral inqilobi natijasida Frantsiyada iyul monarxiyasi tugatilib, ikkinchi Respublika qaror topdi (1848-52). 1851 il. 2 dekabrda bo’lib o’tgan davlat to’ntarishidan so’ng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi o’rnatildi. 1852 yil 2 dekabrda u Napoleon III nomi bilan imperator deb e’lon qilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum qaror topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya to’xtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870-71 yillardagi Frantsiya — Prussiya urushida Frantsiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Frantsiya respublika deb e’lon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qo’rqqan muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871 yil 18 martda qo’zg’olon ko’tarib, Parij: kommunasini e’lon qildilar. 1871 yil Frankfurt sulh shartnomasiga ko’ra, Frantsiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum bo’lib, Germaniyaga katta tovon to’ladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875 yil Milliy Majlis tomonidan uchinchi Respublika (1870— 1940) Konstitutsiyasi qabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Frantsiya mustamlakachilik imperiyasi ko’lami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan so’ng 2-o’ringa chiqdi. 20-asr boshlarida Frantsiya sanoati tez sur’atda rivojlandi, lekin u 1-jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat bo’lib qolaverdi. Frantsiya bilan Germaniya o’rtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891-93 yillarda Frantsiya — Rossiya Ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 yilgi Frantsiya— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol o’ynadi. Frantsiya 1-jahon urushi (1914— 18)da qatnashdi. Germaniyaning urushdagi harbiy mag’lubiyatidan foydalanib, Frantsiya Yevropada o’zining hukmronligini o’rnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy bo’hroni Frantsiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi Frantsiyadagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936 yil iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938 yil boshlarida reaktsiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq bo’ldilar. 1939 yil 3 sentabrda Frantsiya Germaniyaning Frantsiya ittifoqchisi bo’lgan Polshaga hujumidan so’ng unga qarshi urush e’lon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir ko’rilmadi. 1940 yil may oyida Germaniya qo’shinlari Frantsiya hududiga bostirib kirdi. 10 iyunda Frantsiyaga Italiya urush e’lon qildi. 14 iyunda esa Germaniya qo’shinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22 iyunda Frantsiya hukumati taslim bo’lish shartlariga rozi bo’ldi. Germaniya qo’shinlari Frantsiya hududining 2/3 qismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. F. Peten boshchiligida qo’g’irchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942 yil 11 noyabrda Germaniya bilan Italiya bu hududni ham ishg’ol qildi. Frantsuz xalqi fashistlar okkupasiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshilik ko’rsatish harakatini boshlab yubordi. 1940 yil general Sh. de Goll boshchiligida «ozod Frantsiya» harakati (1942 yildan «kurashayotgan Frantsiya») tuzildi. Bu harakatga Frantsiyaning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, O’rta Kongo, Gabon va boshqalar) ning frantsuz harbiy qismlari va ma’murlari ham qo’shildi. 1941 yil 24 sentabrda de Goll frantsuz milliy qo’mitasini tashkil etdi, bu qo’mita keyinroq muhojirlikdagi Frantsiya hukumatining o’zagi bo’ldi. 1943 yil 3 iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida Frantsiya Milliy ozodlik qo’mitasi (FMOQ) tuzildi. 1944 yil 2 iyunda AQSh, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Frantsiya Respublikasining muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944 yil oxiriga kelib, Frantsiya hududi frantsuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qo’shinlari tomonidan ozod etildi. 2-jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar ko’rdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Frantsiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946 yil 24 dekabrda demokratik ruxdagi yangi Konstitutsiya qabul qilindi. To’rtinchi respublika davri (1946— 58) boshlandi. 1949 yil Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga a’zo bo’ldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaktsion kuchlar 1958 yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon ko’tardilar. Jazoirdagi frantsuz armiyasi qo’mondonligi de Goll boshchiligida «milliy najot» hukumatini tuzishni talab qildi. 1 iyunda Milliy Majlis de Gollga hukumat olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871 yil 18 martda qo’zg’olon ko’tarib, Parij: kommunasini e’lon qildilar. 1871 yil Frankfurt sulh shartnomasiga ko’ra, Frantsiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum bo’lib, Germaniyaga katta tovon to’ladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875 yil Milliy Majlis tomonidan uchinchi Respublika (1870— 1940) Konstitutsiyasi qabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Frantsiya mustamlakachilik imperiyasi ko’lami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan so’ng 2-o’ringa chiqdi. 20-asr boshlarida Frantsiya sanoati tez sur’atda rivojlandi, lekin u 1-jahon urushigacha agrar-industrial mamlakat bo’lib qolaverdi. Frantsiya bilan Germaniya o’rtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891-93 yillarda Frantsiya — Rossiya Ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 yilgi Frantsiya— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol o’ynadi. Frantsiya 1-jahon urushi (1914— 18)da qatnashdi. Germaniyaning urushdagi harbiy mag’lubiyatidan foydalanib, Frantsiya Evropada o’zining hukmronligini o’rnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy bo’hroni Frantsiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi Frantsiyadagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936 yil iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938 yil boshlarida reaktsiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi hukumat tuzishga muvaffaq bo’ldilar. 1939 yil 3 sentabrda Frantsiya Germaniyaning Frantsiya ittifoqchisi bo’lgan Polshaga hujumidan so’ng unga qarshi urush e’lon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir ko’rilmadi. 1940 yil may oyida Germaniya qo’shinlari Frantsiya hududiga bostirib kirdi. 10 iyunda Frantsiyaga Italiya urush e’lon qildi. 14 iyunda esa Germaniya qo’shinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22 iyunda Frantsiya hukumati taslim bo’lish shartlariga rozi bo’ldi. Germaniya qo’shinlari Frantsiya hududining 2/3 qismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. F. Peten boshchiligida qo’g’irchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942 yil 11 noyabrda Germaniya bilan Italiya bu hududni ham ishg’ol qildi. Frantsuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshilik ko’rsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940 yil general Sh. de Goll boshchiligida «ozod Frantsiya» harakati (1942 yildan «kurashayotgan Frantsiya») tuzildi. Bu harakatga Frantsiyaning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, O’rta Kongo, Gabon va boshqalar) ning frantsuz harbiy qismlari va ma’murlari ham qo’shildi. 1941 yil 24 sentabrda de Goll frantsuz milliy qo’mitasini tashkil etdi, bu qo’mita keyinroq muhojirlikdagi Frantsiya hukumatining o’zagi bo’ldi. 1943 yil 3 iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida Frantsiya Milliy ozodlik qo’mitasi (FMOQ) tuzildi. 1944 yil 2 iyunda AQSh, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Frantsiya Respublikasining muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944 yil oxiriga kelib, Frantsiya hududi frantsuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qo’shinlari tomonidan ozod etildi. 2-jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar ko’rdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Frantsiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946 yil 24 dekabrda demokratik ruxdagi yangi Konstitutsiya qabul qilindi. To’rtinchi respublika davri (1946— 58) boshlandi. 1949 yil Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga a’zo bo’ldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaktsion kuchlar 1958 yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon ko’tardilar. Jazoirdagi frantsuz armiyasi qo’mondonligi de Goll boshchiligida «milliy najot» hukumatini tuzishni talab qildi. 1 iyunda Milliy Majlis de Gollga hukumat chiqariladi. Frantsiyaning Janubiy g’arbiy hududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya kombinatlarida po’lat (Lekryozo, Senteten), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (Lepale), qo’rg’oshin va rux (Nuayelgodo, Lion, Vive), nikel (Gavr), kobalt, volfram va boshqalar eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum, shag’al, tosh butun Frantsiya hududida qazib olinadi. «Reno» va «Pejo» kompaniyalari avtomobil ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviasiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, qishloq xo’jalik mashinalari va boshqalar ishlab chiqariladi. Frantsiya kompaniyalari mudofaa, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlarda o’zining eng yangi texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga o’rtacha 475,6 milliard kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBushe, Perlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral o’g’it, dori-darmon, upaelik va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Engil sanoatning asosiy tarmog’i — to’qimachilik bo’lib, Parij, Lill, Armanter, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. To’qimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chiqargan. Qishloq xo’jaligiga yaroqli erlar mamlakat hududining 35,6% ni tashkil qiladi, shundan 40% yaylov va pichanzor. Chorvachilik qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i (mahsulot qiymatining 55%). Qoramol, qo’y, cho’chqa, parranda boqiladi. Asosiy qishloq xo’jaligi ekini bo’lgan bug’doy shimoliy Frantsiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajo’xori katta ahamiyatga ega. Markaziy Frantsiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zig’ir, xmel va tamaki muhim o’rin oladi. Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bog’dorchilik, gulchilik rivojlangan. O’rmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va O’rta dengizda baliq ovlanadi. Transporti. Temir yo’l uzunligi 42000 kilometr. Soatiga 300 kilometr yo’l bosadigan tez yurar poyezd Parij va Frantsiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bog’laydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yo’llari uzunligi 812,7 ming kilometr. Parij, London, Marsel, Nissa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming tonna dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, Sennazer, Bordo. Ichki suv yo’llari uzunligi 8,6 ming kilometr. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi. Tashqi savdosi. Frantsiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va po’lat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, go’sht, sut, kiyim-kechak, poyabzal, upaelik va hokazolarlarni chiqaradi. Chetdan yonilg’i, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, iste’mol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSh va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Frantsiyada xalqaro turizm rivojlangan: yiliga 50 million kishi kelib ketadi. Pul birligi — Frank. Tibbiy xizmati. Sog’liqni saklash sohasi kasalxonalardan va «shahar tibbiyoti» deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmog’ida 2 millionga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sog’liqni saklash tizimi rivojlangan. Frantsiyada profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tug’ishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim ko’p tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va hokazolar) bo’yicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va hokazolarlardir. Shu tufayli Frantsiyada bolalar o’limi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 universitetning tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, Plomberleben, EksleBen va boshqalar; iqlimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nissa (lojuvard sohil), Biarris, Dep. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-asr boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy ta’lim tizimi 19-asr oxirlarida qabul qilingan. 1905 yildan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959 yildan majburiy ta’lim joriy qilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ta’lim majburiy va universitet darajasiga barcha o’rta maktablarda o’qish bepul. Maktabgacha ta’lim muassasalari hamda o’rta maktablarda 12 million 236 ming bola tarbiyalanadi va ta’lim oladi (2002). O’smirlar savodxonligi dunyoda eng yuqorilardan biri — 99%. 2-3 yil maktabgacha tarbiyadan so’ng 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar boshlang’ich maktabda o’qiydilar. O’rta maktabdagi ta’lim 2 bosqichdan iborat bo’lib, o’quvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, so’ng umumiy litsey, akademik kurslarda o’qiydilar yoki hunar liseylarida texnika ta’limi oladilar va hunar o’rganadilar. Oliy ta’lim tizimiga universitetlar, oliy o’quv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet, 3600 oliy o’quv yurtida 2 million 129 ming talaba ta’lim oladi (2003). Eng yirik oliy ta’lim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika instituti, Oliy amaliy maktab, Milliy ma’muriy maktab, Oliy konchilik maktabi, kollej de Frans va boshqalar. Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 milliondan ortiq asar), Frantsiya instituti kutubxonasi (1,5 million asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 million asar), Sentjenevev kutubxonasi (1,5 milliondan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 milliondan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va universitet kutubxonasi (3 milliondan ortiq asar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi san’at va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, zamonaviy san’ati muzeyi, impressionistlar muzeyi, amaliy san’at muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, graf Montekristo qasri deb atalgan If orolidagi muzey va boshqalar. Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan. Ilmiy tadqiqotlarning asosiy qismi oliy ta’lim maktablarida olib boriladi. Davlat ilmiy tadqiqot muassasalari: kosmik tadkikrtlar milliy markazi, atom energiyasi bo’yicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sog’liqni saqlash milliy instituti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy instituti, okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik ilmiy tadqiqot markazlari: «Noraviatsion», «Elektrisite de Frans», «Sharbonaj de Frans», «gaz de Frans», «Sengoben», «Fransatom», «Merlenjeren», «Krezo» va «Shneyder» kompaniyalari. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Frantsiyada matbuot davlat nazorati va tsenzuradan mustaqil. Frantsiyada nashr etiladigan yirik gazeta va jurnallar: «Figaro» (kundalik gazeta, 1826 yildan), «Le Parizien» («parijlik», kundalik gazeta, 1944 yildan), «Mond» («tinchlik», kundalik gazeta, 1944 yildan), «Frans Suar» («Frantsiya oqshomi», kundalik kechki gazeta, 1941 yildan), «Oror» (kundalik gazeta, 1944 yildan), «Krua» («Xoch», kundalik kechki katolik gazeta, 1880 yildan), «Yumanite» («insoniyat», kundalik gazeta, 1904 yildan), «Uest—Frans» («G’arbiy Frantsiya», kundalik gazeta, 1944 yildan), «Syud— Uest» («janubi g’arb», kundalik gazeta, 1944 yildan), «L Ekspress» (haftalik ijtimoiy-siyosiy jurnal, 1953 yildan), «Pari match» («Parij matchi», haftalik bezakli jurnal, 1949 yildan), «Marikler» (oylik jurnal, 1954 yildan) va boshqalar. Frans Press agentligi — Muxtor tijorat agentligi (1944 yilda tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835 yil tuzilgan Gavas frantsuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televidenie xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan ta’minlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Teleko’rsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de g Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq teleko’rsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yo’ldosh kanallar bor. Yirik radio va televidenie tashkilotlari: «Radio Frans», 1975 y. tuzilgan, televizion Fransez— 1, «Antenn—2», «Frans rejone» davlat televidenie kompaniyalari, 1975 yil tashkil etilgan. Adabiyoti. Eng qadimgi adabiyot namunalari 9-asrning 2-yarmiga to’g’ri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda bo’lgan (masalan, «Avliyo Evlaliya haqida kantilena»). 10-11-asrlarda birinchi epik afsonalar paydo bo’lgan. «Roland haqida qo’shiq» asari Buyuk Karl nomi bilan bog’liq. «Russilonli Jirar» asari ham o’sha davrga mansub. Epik afsonalar 11-asrdan 13-asrgacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201-53). 12-asr o’rtalaridan ritsarlik romanlari paydo bo’la boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de Sentmoraning «Aleksandr haqida roman», «Fiva haqida roman», «Eney», «Troya haqida roman» (barchasi 1140-65 yillarda yaratilgan), Kreten de Truaning (taxminan Izo—taxminan 1191) «Erek va enida», «Iveyn», «Perseval» va boshqa romanlari kiradi. 12-asrning oxirlarida «Tristan va Izolda» afsonasi, «Fluar va Blansheflor», «Okassen va Nikolet» kabi sevgi romanlari yozilgan. 14-15-asrlar Frantsiya adabiyoti uchun o’tish davri hisoblanadi. O’sha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de masho (taxminan 1300-77), Estash Deshan (taxminan 1346— taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363— taxminan 1431), Alen Sharte (1385— taxminan 1434), orleanlik Karl (1394-1465)lar o’z asarlarida davr ruhiyatini — 1337— 1453 yilgi 100 yillik urush fojeasini aks ettirdilar. 15-asr oxirlarida Frantsiyada uyg’onish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uyg’onish davri adabiyotining Frantsiyadagi yirik vakili F. Rable (1494-1553) «Gargantyua va Pantagryuel» asari bilan mashhur bo’ldi. 16-asr 1-yarmida Frantsiya lirikasi italyan neopetrarkizmi ta’siri ostiga tushib qoldi va asr o’rtalariga kelib, frantsuz adabiyotida islohot o’tkazildi. «Pleyada» deb nomlangan frantsuz she’riy maktab shoirlari adabietda gumanizm g’oyalarini olg’a surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va boshqalar) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. «Pleyada» she’riy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532-73) va boshqalardir. 16-asrning oxirida shoirlar T. A. D’Obine (1552— 1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), F. Deport (1546-1606) «Pleyada»ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qo’lladilar. 17-asr boshida frantsuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassisizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597-1654), F. D’Obinyak (1604-76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635 yil tashkil topgan Frantsiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassisizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassisizm teatrning tragediya janriga ko’proq ta’sir o’tkazdi. Klassisizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Moler hisoblanadi. U o’zining «Tartyuf», «Mizantrop», «xasis», «don Juan» va boshqa asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxo’rligini zo’r iste’dod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jahon adabiyotida masal janri rivojiga samarali ta’sir kursatdi. 17-asr 2-yarmida klassisizmning yangi qirralari ochildi. Bu davrda F. Fenelonning «Telemakning sarguzashtlari» romani, Sh. Sentevremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639— 99) ning «Andromaxa», «Britannik», «Fedra» asarlari yaratildi. 18-asrning boshida rokoko adabiyoti paydo bo’ldi. U o’zining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri bilan ajralib turgan. J. B. Russo o’ynoqi rokokoni klassisizm me’yorlari bilan uyg’unlashtirishga harakat qilgan. Monteske, Volter, Didro kabi ma’rifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanishgan. 18-asr 1-yarmida komediya va roman janri rivojlandi. Moler, A.R. Lesaj, P.K. Marivo, F.N. Detush, Sh. L. Monteske («Fors maktublari») bu janrning yetuk namoyandalari bo’lsa, unda Volter yetakchi rol o’ynadi. 1751 yildan D. Didro, J.L. D’Alamber va boshqa ma’rifatparvarlar tomonidan entsiklopediya nashr etila boshlandi. 18-asr 2-yarmi — 19-asr boshida Frantsiya adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo bo’ldi. Buyuk frantsuz inqilobi arafasida sentimentalizm bilan bir qatorda romantizm kurtaklari ko’rina boshladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J.B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P.A. F. Shoderlo de Lakloning «xavfli aloqalar» romani, Bomarshening «Figaroning uylanishi» komediyasida namoyon bo’ldi. K.J. Ruje de Lillning «Marseleza» qo’shig’i, Robesper, Maratlarning publisistik maqolalari o’sha davrda keng tarqaldi. 19- asr boshlarida Frantsiya adabiyotida romantizm yetakchi oqim bo’ldi, uning 2-bosqichida inqilob shabadasi esa boshladi. Bu davr V. Gyugo asarlarida o’zining yorqin aksini topdi. Shuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning jamiyatda mehnatkash inson fojiasi katta mahorat bilan ko’rsatilgan romanlarida, P.J. Beranje (1780-1857)ning satirik she’r va qo’shiklarida realizm tamoyillari o’zining yuksak ifodasini topdi. 60-70-yillardagi ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870-71 yil Frantsiya Prussiya urushi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlanish davri boshlandi. E. Pote 1871 yil iyunda «Internatsional» she’ri va 1876 yil «Parij Kommunasi» dostonini yozdi. E. Zolya ijodida, gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining o’ta tubanligi, mehnatkash insonning og’ir qismati o’z badiiy ifodasini topdi. 19-asr oxirida nazmda ko’proq simvolizm asosiy yo’nalish bo’lib qoldi. 1-jahon urushi davrida A. Barbyus asarlari frantsuz adabiyotida o’chmas iz qoldirdi. Barbyus 1919 yil «Klarte» xalqaro yozuvchilar tashkilotini tuzdi. 20-30-yillar adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Ttsara, A. Breton, P. Elyuar, L. Aragon, F. Supo kabi shoir va yozuvchilar ijodi salmoqli o’rin egalladi. 2-jahon urushi davrida antifashistik ruhdagi adabiy asarlar yozila boshladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A. SentEkzyuperi kabi yozuvchilar asarlarida urush voqealari aks etdi. 50-60-yillarda frantsuz adabiyotida ekzistentsializm oqimi vujudga keldi. J.P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N. Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985 yil Nobel mukofoti laureata bo’lgan) va boshqalar bu oqimning namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903— 87), Margerit Dyura (1914-96) kabi yozuvchilar Frantsiya adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvchilardan Mishel turne, Filipp Sollers, JANMARI Leklezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar mashhur. Frantsiya yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. SentEkzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteske, L. Argon kabi adiblarning asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Me’morligi. Frantsiya hududidagi eng qadimgi san’at yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (Gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu erda gallrim san’ati rivojlandi: toshdan maqbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topgandan so’ng o’rta asrlar san’ati shakllana boshladi. Karolinglar san’ati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos bo’ldi (10-12-asrlar), ibodatxona va monastirlar ko’proq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-asr, Perigyodagi SenFron, 1120 yildan keyin, Langedokdagi cherkovqo’rg’onlar). 12-asrda Shimoliy Frantsiya shaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda shaqarlar soni ortdi, shaharlarda soborlar ko’plab qurila boshladi. Ularning eng yiriklari: Sendeni abbatligidagi cherkov (1137-44), Sane (taxminan 1140) va Lan, Shartr, Reyms, Amendagi soborlar, Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi (1163-1257). 15-asrning 2-yarmidan me’morlikda frantsuz Uyg’onish davrining hashamdor va go’zal uslubi shakllana boshladi. Shu davrda vujudga kelgan Ambuaz (1492-98), Gayon (1501 — 10) qirol va dvoryanlar qo’rg’onlari o’zining qulayligi hamda hashamatliligi bilan ajralib turadi. Qirol Frantsisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan mashhur me’morlardan (jumladan, Leonardo da Vinchi) tashqari, Frantsiyaning o’zida ham N. Bashele, F. Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi iste’dodli me’morlar yetishib chiqa boshladi. Frantsuz Uyg’onish davri me’morligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Frantsisk I qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi Azelerido, Shenonso, Shambor kabi qo’rg’on-qarorgohlar, Fontenblo saroyi va Parijdagi yangi Luvr binosini (me’mor P. Lesko, haykaltarosh J. Gujon) kiritish mumkin. 17-asrda absolyutizm kuchayishi bilan san’atda monarx shaxsi va hokimiyatini ulug’lash kuchaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda me’morlik (1671) akademiyalari tashkil topdi. Klassisizmning sipo va vazminligi bilan kenglik ko’lamini uyg’unlashtirgan absolyut monarxiya deb atalgan uslub shakllandi. U klassisizmning ulug’vorligi, mantiqiy tuzilishini aks ettirgan edi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar uylari kurilishida namoyon bo’ldi. Parij geometrik jihatdan to’g’ri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov, g’alaba, Vandom maydonlari bilan bezaldi. Paleruayal saroyi (1629-36), nogironlar uyi (1671 — 76), Sorbonna binosi (cherkov bilan, 1629-54), Versal saroyi (1661-89), zafar darvozalar va ko’priklar kurildi. Saroy va binolar plastik naqshlari hamda ixchamligi bilan ajralib turadi. 18-asrning 1-yarmida hashamatli reja uslubi qo’llanildi. Bordodagi maydon va ko’chalar tarmog’i, Nansidagi maydonlar, Lyudovik XV maydoni shular jumlasidandir. 18-asr 2-yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati bilan ma’rifatparvarlik klassisizmi yo’nalishi vujudga keldi. Klassisizm ruxida cherkovlar (Sentjenevev, hozirgi Parijdagi Panteon), saroylar (Versaldagi kichik Trianon), teatrlar (Bordodagi katta teatr) va boshqa jamoat inshootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-asr boshlarida yangi me’moriy uslub — ampir uslubida ulug’vor, mahobatli inshootlar kurildi (La Madlen cherkovi, Vandom kolonnasi). 19-asr o’rtalarida Parijda yirik qurilish ishlari amalga oshirildi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Amen, Nant, Orlean, Tuluza va b. shaharlar qisman rekonstruktsiya qilindi. 19-asr 2-yarmida qurilishlar eklektizm ruhida olib borildi («Grandopera» teatri, Sakrekyor bazilikasi). Yopiq bozor, universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi Sentjenevev kutubxonasi va Milliy kutubxona), elevator, depo va boshqalar kurildi. Mashhur Eyfel minorasi ham shu davrda qurildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida modern uslubida inshootlar yaratildi (Parij metrosining bekatlari, Parijdagi «Kastel Beranja» mehmonxonasi). 1860 yildan qurilishda temir-beton ishlatila boshlandi. 1920— 30 yillarda zamonaviy me’morlikning asosiy qirralarini shakllantirishga kirishildi. Me’mor Le Korbyuze shakllarning funktsional va konstruktivligini, beton, oyna va po’latning keng qo’llanilishini zamonaviy me’morlikning 5 asosiy printsipiga aylantirishga harakat qildi. 1960-70-yillarda Parij va uning atroflarida qurilishlar avj oldi. Bu davrning mashhur me’morlari R. Kamelo, J. de mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan me’morlikda ajoyib inshootlar yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va radio uyini ko’rsatish mumkin. 1980-yillardan Frantsiya me’morligida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy me’morlarning g’oyalariga keng yo’l ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik me’mor Mario Pey tomonidan to’liq qayta rekonstruktsiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi yillarda yaratilgan me’moriy inshootlardan Parij shahridagi Senlazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozisiyasi (1985), Senjermen orolidagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), «Ateney» teatridagi rassom Janper shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni ko’rsatish mumkin. Tasviriy san’ati. Frantsiya hududidagi eng qadimgi san’at asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko, Fondegom), hayvonlar tasviri va haykallari (Lamadlen, Tyukd’Odeber) saqlanib qolgan. Temir davri galiitat madaniyati va Laten madaniyati yodgorliklari bilan namoyon bo’ldi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topishi bilan o’rta asrlar san’ati (Merovinglar san’ati) vujudga kelgan. 10-12-asrlarda Karoling san’ati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos bo’ldi. Bu davrdan har xil taqinchoqlar, Limoj emallari, mato va kashtalar, gilamlar saqlanib qolgan. Frantsiyaning gotik haykaltaroshligida insonning jismoniy go’zalligi va hislariga, Real tabiiy shakllarga qiziqish ortdi. Bu Parij Bibi Maryam ibodatxonasidagi haykallar, Amen soborining haykal va obrazlarida namoyon bo’ldi. 14-asrda haykaltaroshlik majmualari kamroq yaratildi, intererlarda ko’proq tasviriy san’at asarlari va bo’yalgan yog’och haykallar paydo bo’ldi. Gotika tasviriy san’atida intererni rangli bezatishda vitraj eng asosiy unsur bo’lib qoldi (Parijdagi Sentshapel ibodatxonasi va Shartr sobori vitrajlari). 13-asr 2-yarmidan vitrajlarda ko’proq yorug’ ranglar qo’llanila boshladi. Freska saroy va qasrlar devorlarida ko’proq uchraydi. 14-15-asrlarda niderland va italyan san’ati ta’siri ostida Dastgoxli kartina va portretlar paydo bo’la boshladi. Tevarak atrofii Real tasvirlash akauka Limburglar ijodidan boshlandi. Ularning «Berriy gersogining eng boy chasoslovi» (taxminan 1411 — 16) asari saqlanib qolgan. 15-asr o’rtalarida qirol saroyi qoshida frantsuz Uyg’onish davri kurtaklari bo’lgan maktablar tashkil topgan. Uning eng mashhur vakili J. Fuke bo’lgan. Uyg’onish davri haykaltaroshligini M. Kolomb boshlab bergan. 15-asr 2-yarmida Uyg’onish davri uslubi yogochdan ishlanadigan gravyuralarga ham ta’sir qildi. 16-asr boshlarida qirol saroyi tasviriy san’at markaziga aylandi. Inson shaxsiyatiga bo’lgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham o’z aksini togshi. Bu davr san’atiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etenn va Per Dyumustelar kabi rassomlar o’zlarining hissalarini qo’shdilar. 17-asrga kelib, klassisizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy san’atning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manerizmini uygunlashtirdi. 17-asr 2-choragida tasviriy san’atda klassisizm yetakchi rol o’ynay boshladi. Bu davr san’at asarlari plastik shakllari aniq bo’lishi, tabiat manzaralarining chuqur lirizmi bilan ajralib turadi. 17-asr o’rtalarida Frantsiya san’at hayotining peshqadami Sh. Lebren Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjiler, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning ko’p asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy san’at, zargarlik rivojlandi. 18-asr tasviriy san’atida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos bo’ldi. Rokoko uslubi manzarali naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega bo’lgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. F. Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-asr 1-yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M.K. Latura, J.B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniqlik, emotsional jozibadorlik ko’rinadi. 18- asr o’rtalariga kelib tabiatga bo’lgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-asr boshida ba’zi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari o’rnini Napoleon I ni ulug’laydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon bo’ldi. Haykaltaroshlikda romantizm tamoyillari F. Ryudaning «Marseleza» asarida, P.J. David D’Anje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848 yilgi inqilob Frantsiya san’atiga demokratlashtiruvchi ta’sir ko’rsatdi. 1851 yil to’ntarishdan so’ng reaktsiya kuchlari hukmronligi sharoitida demokratik san’at ko’p jihatdan o’zining ommaviyligini yo’qotdi. 1860- yillarda mamlakat tasviriy san’atida E. Manening realistik izlanishlari Markaziy o’rinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yo’nalishi bilan yaqinlashdi. Bu yo’nalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilishgan. 1850-60-yillar haykaltaroshlikda J.B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domening ekspressivgrotesk plastikasi alohida o’rin tutadi. 19-asr so’nggi choragida frantsuz xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida impressionizm bilan birgalikda «modern» uslubining paydo bo’lishiga ta’sir etgan simvolizmnnng turli variantlari ham rivojlandi. 19-asr oxirida tasviriy san’atda ijtimoiy mavzulardan birmuncha chekinish seziladi. 20-asr boshidan Parijga ko’plab chet el rassomlari kela boshladi va ularning ijodi frantsuz san’atining ajralmas qismiga aylandi. 1905 yilda A. Matiss boshchiligida fovizm (A. Marke, J. Ruo, A. Deren, M. Vlamink, R. Dyufi va boshqalar), 1907 yilda esa kubizm oqimi (P. Pikasso, J. Brak, X. Gris) vujudga keldi. 1-jahon urushidan so’ng syurrealizm, 2-jahon urushidan keyin abstrakt san’atning turli yo’nalishlari vujudga keddi. 1970-yillarda san’atda abstraktsionizmdan chekinish va san’atning turli xil figurativ turlari (gipperrealizm)ga o’tish kuzatildi. Umuman olganda, Frantsiya tasviriy san’atida gumanizm g’oyalari saqlanib qolgan. P. Pikasso va F. Leje asarlarida urush va fashizmga qarshi alangali g’alayon, xalqlarning tinchlik uchun kurashi mavzulari ko’p aks etgan. 1945 yildan so’ng neorealizm okimi paydo bo’ldi, karikatura san’ati rivojlandi, qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyati asketik rassomchilikda aks etdi. Gumanistik san’at an’analari haykaltaroshlikda ham etakchi rolni egallaydi. A. Burdelning qahramonona dramatik obrazlarida, A. Mayolning garmonik haykallarida, J. Bernarning o’tkir psixologik portretlarida bu narsa o’z aksini topdi. Umuman, Frantsiya 21-asrda ham jahon badiiy san’atining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi. Musiqasi. Frantsiya milliy musiqasi qadimgi kelt, Gall va Frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-asrlarda Trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa san’ati rivojlangan. 14-asrdagi ilk Uyg’onish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. O’sha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de vitri are Nova (yangi san’at) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keying rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bog’liq. 1672— 87 yillar «Grand opera» teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-asrdan cholg’u musiqa — lyutnya (D. Gote), klavesin (J. Shamboner, L. Kuperen), Viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholg’u syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — frantsuz musiqiy klassisizmi cho’qqisidir. 18-asrning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-asr o’rtalarida milliy simfoniya paydo bo’ldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo bo’la boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini («Dezertir», 1769), A.E. M. Gretri («Lyusil», 1769) kiradi. Komik operalar «Opera komik» teatri (1715 yil SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801 yildan yuqoridagi nom)da qo’yilgan. 1792 yil J. Ruje de Lil tomonidan «Marseleza» yozildi va u keyinchalik Frantsiya milliy madhiyasiga aylandi. 1793 yil Parijda Milliy musiqa instituti (1795 yildan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-asr boshlarida Parij jahon musiqa madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Frantsuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-asr 2-yarmida esa lirik opera janri paydo bo’lgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida o’z aksini topdi. J. Bize ijodi frantsuz musiqasida opera realizmining cho’qqisiga aylandi («Karmen», 1874). 19-asr 80-yillarida Frantsiya buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-asr 2-yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-asr oxiri — 20-asr boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. Frantsiyada Shanson (ommabop qo’shiq) janri gullab yashnadi. 20-asr musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). 1-jahon urushidan so’ng Frantsiya musiqa san’atida neoklassisizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi («oltilik» kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va boshqalar). 2-jahon urushidan so’ng Frantsiya musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-yillardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muetsha, sonorizm, konkret musitsha kabi yangi musiqa yo’nalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va boshqalar). 20- asr frantsuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Foreste, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long, R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furne, P. Tortele; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonelar — M. Shevale, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va boshqalar. Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg, Bezanson, Bordo, tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari o’tkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa o’quv yurtlari — konservatoriya, «sxola kantorum» (1894 yil asos solingan), «Ekol normal de Myuzik» (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, Frantsiya Milliy musiqa qo’mitasi joylashgan. Bir qancha musika jurnallari chop etiladi. Teatri. Frantsiya teatr san’ati o’rta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9-10-asrlardayoq o’rta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15-asr o’rtalaridagi A. Grebanning «Xudo ehtiroslari misteriyasi»dir. 1599 yildan professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qo’yar edilar. 17-asrdan J. Rotru, M. Skyuderi pesalari qo’yila boshladi. 1634 yil «Mars» teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Moler komediyalari teatr san’ati rivojiga katta hissa qo’shdi. Moler vafotidan so’ng tashkil etilgan «Komedi Fransez» teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna printsiplarini davom ettirdilar. Frantsuz ma’rifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. Ma’rifatparvar klassisizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk frantsuz inqilobi qahramonlik san’atini vujudga keltirdi. 1791 yil «Teatrlar erkinligi haqida dekret»dan so’ng, Parijda 19 teatr tashkil topdi. «Komedi Fransez» teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari ko’rsatildi. Gyugoning «Ernani» dramasining qo’yilishi (1830) frantsuz teatrida muhim voqea bo’ldi. 19-asr 1-yarmida bulvar teatrlari paydo bo’ldi. 1848 yildan qahramonlik mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-asr oxirida E. Zolya yangi realistik dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Frantsuz sahnasidagi chuqur o’zgarishlar A. Antuan nomi bilan bog’liq. «Erkin teatr» va «Antuan teatri» asoschisi, «Odeon» teatri boshqaruvchisi bo’lgan Antuan o’z davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chiqdi. 1910 yil J. Rushe tomonidan «teatr dez Ar» tashkil etildi. 1926 yil to’rt buyuk rejissyor: G. Bati, Sh. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar Ittifoqi — «Kartel» tuzildi. Ular ko’proq klassikaga — Moler, Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-yillar boshida demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol o’ynadi. 2-jahon urushi yillari — nemisfashist okkupatsiyasi davrida frantsuz teatrlari deyarli ishlamadi. Ilg’or jamoatchilik Frantsiyaning qadimiy teatrlaridan bo’lgan «Komedi Fransez»ni qo’llab quvvatladi. Unda yirik aktyor va rejissyorlardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va boshqalar voyaga yetdilar. 40-yillar 2-yarmi — 50-yillar 1-yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoqlari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va boshqa shaharlarda teatrlar paydo bo’ldi. Milliy xalq teatri teatr san’atining yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk frantsuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-yillarda Buyuk frantsuz inqilobiga bag’ishlangan «1789» va «1793» teatrlarining tashkil topishi Frantsiya teatri hayotida katta voqea bo’ldi. Frantsuz sahna san’atining rivojiga aktyor va rejissyor J.L. Barro katta hissa ko’shdi. Turmush o’rtog’i M. Reno bilan birgalikda «Kompani Reno—Barro» truppasi yaratildi va u 20-asrda frantsuz dramaturgiyasini targ’ib etdi. 1950 — 60-yillarda teatr hayotida «absurd teatri» katta o’rin egalladi. 20-asr 2-yarmidan Frantsiya teatr san’ati yanada rivojlandi. Bunga 1981 -86 va 1988-93 yillarda Frantsiya madaniyat vaziri bo’lib ishlagan J. Lang katta hissa qo’shdi. Parijning ko’p teatrlari, jumladan, «Grandopera», «Komedi Fransez», «Odeon» va «Shayo» milliy teatrlari hukumat tomonidan qo’llab quvvatlandi. J.L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rejissyorlar mashhur. Frantsiyada 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. «Komedi Fransez» teatri milliy teatr an’analarini davom ettirmoqda. 1954 yil tashkil etilgan «xalqlar teatri»da xalqaro teatr festivallari o’tkaziladi. Kinosi. Akauka L. va O. Lyumerlar tomonidan qo’yilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli «poezdning kelishi», «bolani emizish», «shalabbo bo’lgan suv sepuvchi» filmlari) 1895 yil 28 dekabrda Parijda namoyish etilgan. Frantsiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melesu nomi bilan bog’liq. Uning «film D’ar» firmasi kinoga mashxur dramaturg, aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919 yilda rejissyor A. Gans urushga qarshi ruhdagi «men ayblayman» pamfletini, rejissyor A. Antuan esa bir qancha filmlar («er», 1921; «Arlezianlik ayol», 1922)ni yaratdi. 1-jahon urushidan keyingi yillarda kinodan tijorat yo’lida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M.L. Erbe, J. Epshteyn, J. Dyulak «Avangard» harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rejissyorlar qadimgi an’analarga tayangan holda ko’pgina asarlarni yaratdilar [«Krenkebil» (1922) va «yangi janoblar» (1928, rejissyor J. Feyder), «Nana» (1926) va «kichik gugurt sotuvchi» (1927, rejissyor J. Renuar), «somon shlyapa» (1927, rejissyor R. Kler)]. 30-yillardan frantsuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-yillar o’rtalarida Frantsiya kinematografiyasining ijtimoiy yo’nalishi Milliy front harakati bilan bog’liq; «oktyabr» va «Erkin kino» uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun «Marseleza» (1938, rejissyor R. Renuar), «Buyuk sarob» (1937, rejissyor R. Renuar), «oxirgi milliarder» siyosiy satirasi (1934, rejissyor R. Kler), «Ahil kompaniya» (1936, rejissyor J.Dyuvive) kabi filmlar xarakterlidir. 2-jahon urushi va nasistlar okkupasiyasi davrida frantsuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi «kechki mehmonlar», «Osmon sizlarga tegishli» kabi filmlarni yaratdilar. 1944 yil «Parijni ozod etish» filmi chiqarildi. «Rayka bolalari» filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik an’analarini o’zida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhtsagi film bo’ldi. Rejissyor R. Klemanning «relslar ustidagi jang» filmi ozod etilgan Frantsiyaning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashxur filmlar: «Parma ibodatxonasi» (1948, rejissyor Kristianjak), «qizil va qora» (1954, rejissyor K. Otanlara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), «Tereza Raken» (1953, rejissyor M. Karne), «Jerveza» (1956, rejissyor R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), «O’limga mahkum qilingan qochdi» (1956, rejissyor R. Bresson). 1940 —50-yillar boshlarida J. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va boshqa aktyorlar mashhur. 50-yillarning 2-yarmida yaratilgan filmlarning kupi ko’ngil ochar filmlar bo’ldi. Frantsiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. «Kun va soat» (1963), «Parij yonyaptimi?»(1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968 yildan keyin asosan siyosiy mavzuda, frantsuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining «Bayram kuni» (1949), «mening amakim» (1958), Kristian Jakning «Fanfantyulpan» (1952), «qonun — bu qonun» (1958), P. Eteksning «Ohtortuvchi» (1963), «Yoyo» (1965) filmlari komediya janriga mansub. Frantsiya qisqa metrajli filmlari (rejissyor A. Lamorisning «Qizil shar»), P. Grimoning multiplikasiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashxur. 70-yillar o’rtalariga kelib, frantsuz kinosida o’tkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda ko’ngil ochar kinolarni ishlab chiqarish keng rivojlandi. 60 —70-yillardagi eng mashxur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J.L. Trentinyan, J.P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va b. kiradi. Eng yaxshi frantsuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Frantsuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga o’zlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qo’shgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va boshqalar 1943 yil tuzilgan Oliy kino ta’limi instituti rejissyor, tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946 yildan Kannda har yili xalqaro kinofestival o’tkaziladi. 1936 yil «Sinematika», 1972 yil Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976 yilda Amerikaning «Oskar» mukofotiga o’xshash «Sezar» milliy kino mukofoti ta’sis etilgan. 1970 —90-yillarda rejissyorlar J.Sh. Takell («Jiyanlar», 1975), D. Vin («Martin Gerrning qaytishi», 1984), D. Kyuri («Oramizda», 1985), K. Berri («Jan de Florett», 1987), J. Rivett («maftunkor yong’oq daraxti», 1991), R. Varner («Hindixitoy», 1992) hishayajonli hamda an’anaviy mavzularda filmlar yaratishdi. Frantsiyada 4400 kinoteatr mavjud, yiliga 130 ga yaqin to’liq metrajli film yaratiladi (2003). O’zbekiston — Frantsiya munosabatlari. Ikki davlat o’rtasidagi diplomatiya munosabatlari 1992 yil Fevralda o’rnatilgan bo’lsada, mamlakatlar orasidagi aloqalar uzoq tarixga borib taqaladi. Frantsiya qiroli Karl VI de Valua (1368 — 1422) va Amir Temur davridagi o’zaro savdo-sotiq va do’stona munosabatlarga oid yozishmalar bizga ma’lum. 1992 yil Frantsiyaning O’zbekistondagi elchixonasi, 1995 yil O’zbekistonning Frantsiyadagi elchixonasi o’z faoliyatini boshlagach, o’zaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yo’lga qo’yildi. Ikki tomonlama aloqalar rivojlanishining tamal toshlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1993 yil oktabrda Frantsiyaga davlat tashrifi paytida qo’yilgan bo’lib, unda bir qator shartnomalarga imzo chekildi. O’zbekiston Respublikasi va Frantsiya Respublikasio’rtasidagi do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi «shartnoma, hukumatlar o’rtasida investitsiyani himoyalash va o’zaro rag’batlantirish haqidagi bitim, hukumatlarning madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to’g’risidagi bitimi shular jumlasiga kiradi. 1994 yil aprelda Frantsiyaning sobiq prezidenti Frantsiya Mitteran eng rivojlangan yetti davlat rahbarlari orasida birinchi bo’lib, O’zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan keldi. Prezident I. Karimovning Frantsiyaga 1996 yil apreldagi ikkinchi tashrifi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov hamda Frantsiya prezidenti J. Shirakning 1996 yil iyunda Florentsiya da Yevropa Ittifoqi rahbarlarining sammitidagi, 2002 yil davlat rahbarlarining NATOga a’zo davlatlar rahbarlarining Pragadagi sammitida uchrashuvlari ikki tomonlama aloqalarni yangi darajaga ko’tarish imkoniyatini berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1996 yil 21-24 apreldagi ikkinchi tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi poyunaga ko’tardi. I. Karimovning Frantsiya Respublikasi Prezidenti J. Shirak bilan uchrashuvi chog’ida ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Ushbu tashrif davomida I. Karimov YUNESKO qarorgohida tashkil qilingan «Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’limning rivoji» mavzusidagi ko’rgazmada ishtirok etdi. O’zbekiston va Frantsiya o’rtasida o’zaro tovar aylanmasi 2003 yil 72,3 million AQSh dollari, shundan eksport 24 million, import 48,3 million dollarni tashkil etdi. Eksportda paxta tolasi 74,4%, to’qimachilik mahsuloti 13,4%, kimyo mahsulotlari 8,8%, agrosanoat majmuasi mahsulotlari 2,9%ni, importda esa elektronika va elektr uskunalar 26,2%, kimyo mahsulotlari 23,3%, mexanika uskunalari 13,7%, farmasevtika va parfyumeriya mahsulotlari 13,6%, maishiy texnika 7,9%, transport vositalari 5,5%, oziq-ovqat mahsulotlari 3,6%ni tashkil etdi. 2003 yilda O’zbekistonda Frantsiyaning 14 kompaniyasi va 2 banki («Kredi Kommersial de Frans» va «Sosiete Jeneral») ishladi. Bundan tashqari, O’zbekistonda 15 qo’shma korxona, 100% frantsuz sarmoyasi bilan 2 korxona faoliyat olib boradi. 2004 yil 14 -16 yanvarda O’zbekiston — Frantsiya savdo-iqtisodiy hamkorlik hukumatlararo komissiyasining 2-majlisi bo’lib o’tdi. Ikki davlat hamkorligi rejalariga muvofiq, «Sosiete Jeneral» bankining krediti hisobiga «Buxoro viloyatida suv ta’minotini yaxshilash» dasturi (8,1 million AQSh dollari) amalga oshiriladi va 2 ta «Boing—767300 ER» samolyoti (187,9 million AQSh dollari) sotib olinadi. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi «rom Pulek» frantsuz kimyo korxonasi bilan rasmiy aloqa o’rnatgan. Toshkentda bu korxonaning vakolatxonasi ochilgan. O’zbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiya agentligi bilan Frantsiyaning pochta va telekommunikatsiya vazirligi o’rtasida telekommunikatsiya jihozlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish haqida bayonnoma imzolangan. Frantsuz mutaxassislari yordamida «Sprint» elektron pochta tizimining faoliyati yo’lga ko’yildi. «O’zbekneftegaz» milliy korporasiyasi Frantsiyaning «Elfakiten» korxonasi bilan hamkorlikda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurish haqida shartnoma tuzdi. O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir qator frantsuz banklari («Kredi Leone», «Sosiete Jyuzi», «Bank Nasional de Pari», «Pariba», «Kredi Kommersial de Frans») bilan vakillik aloqalarini o’rnatgan. O’zbekistonda «Bofur Ispen Interneyshnl», «Ronpulenk» frantsuz korxonalari faoliyat olib bormokda. Shuningdek, Frantsiyaning «er Frans» va O’zbekistonning «O’zbekiston havo yo’llari» aviakompaniyalari Toshkent — Parij — Toshkent marshruti bo’ylab reyslarni amalga oshirmokda. O’zbekiston va Frantsiya o’rtasidagi ilmiy-texnikaviy aloqalar ham rivojlanmoqda. Bu aloqalar 1993 yil oktabrda imzolangan madaniy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik to’g’risidagi bitim asosida olib borilmoqda. Har yili yuzdan ortiq O’zbekiston fuqarosi Frantsiyaning turli o’quv yurtlarida malaka oshirib kelmoqda. Ikki mamlakat oliy o’quv yurtlari o’rtasida talaba va professor o’qituvchilar almashish, stajirovka, o’qituvchilar malakasini oshirish kurslari, birgalikdagi seminarlar tashkil etish rivojlangan. O’z navbatida, Parij, Tuluza, Lion, Eks/Marsel, «Parijsyud» va «Parij IV» universitetlari bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro universitetlari, Toshkent iqtisodiyot universiteti, «Bretansyud» universiteti bilan O’zbekiston jahon tillari universiteti o’rtasidagi hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Frantsiya O’zbekistonga Yevropa Ittifoqining TASIS dasturi doirasida ham kadrlar tayyorlash sohasida texnikaviy yordam ko’rsatyapti. Frantsiya Bosh vaziri huzuridagi Davlat boshqaruvi xalqaro instituta (DBXI) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasiga texnikaviy yordam ko’rsatish bo’yicha 1 million 400 ming EKYu qiymatidagi dastur muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi, frantsuz mutaxassislari akademiya tinglovchilariga ma’ruzalar o’qishdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi vazirliklarining xodimlari har yili DBXI ning qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o’qib kelayotir. O’zbek va frantsuz olimlari o’rtasidagi ilmiy hamkorlik ham muvaffaqiyat bilan davom etmoqda. Bunda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Frantsiya ilmiy tadqiqotlar milliy markazi o’rtasidagi samarali hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Ayniqsa, arxeologiya, astronomiya, o’simliklarni himoya qilish sohalaridagi hamkorlik yaxshi natija bermoqda. 1998 yil oktabrda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi delegasiyasi Frantsiyaning atrof muhit va energiyani boshqarish markaziga tashrif buyurdi. Quyosh energiyasidan foydalanish bo’yicha o’zbek olimlari tomonidan taklif qilingan loyiha Yevropa hamjamiyati doirasida sor ERNICUS fantini olishga muvaffaq bo’ldi. Tashrif davomida mazkur loyihaning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. Frantsiya bilan madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikda 1995 yildan Toshkentda faoliyat yuritayotgan Frantsiya Tashqi ishlar vazirligi qoshida tuzilgan Markaziy Osiyoni o’rganish frantsuz instituti katta rol o’ynayapti. Institut frantsuz va o’zbek olimlari hamda tadqiqotchilari hamkorligida gumanitar va ijtimoiy sohalarda turli tadkiqotlar olib boradi, ilmiy asarlar chop etadi. Institut arxeologiya, san’at, musiqashunoslik, Markaziy Osiyoning qadimgi va zamonaviy tarixi buiicha boy kutubxonaga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlarida Markaziy Osiyoga oid chop etilgan asarlarni yig’ishga kirishgan. Institut qisqa vaqtda «19-a.srdan beri Markaziy Osiyodagi Islomiy islohotlar», «Hindiston — Markaziy Osiyo: savdo va fikr yo’llari», «Rossiyada Islom», «Temuriylar merosi», «qo’lyozmalarni saklash», «Islom va musiqa» mavzularida xalqaro konferentsiyalar tashkil kildi va ularning materiallarini chop etdi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan Frantsiyaning ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi o’rtasida tuzilgan shartnoma doirasida arxeologiya sohasida samarali hamkorlik olib borilmoqda. 1995 yil yanvarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining geologiya va geofizika instituti bilan J. Fure hamda Grenobl universitetlari o’rtasida seysmologiya sohasida shartnoma tuzilgan. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kimyo va o’simlik moddalari instituti Frantsiyaning «Lotoksan» tashkiloti bilan birgalikda uzoq muddatli shartnomalar asosida kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Hozirgi paytda Frantsiya ilmiy tadqiqotlar markazi bir qator sohalarda, xususan, chorvachilik, vinochilik, Nodir metallar, o’simliklar asosidagi yangi dori-darmonlar, neft va gaz mahsulotlari va boshqa sohalarda hamkorlik o’rnatish imkoniyatlarini o’rganmoqda. Toshkent texnika universiteti bilan Parij universiteti o’rtasidagi hamkorlik haqidagi shartnoma koinotdan olinadigan agrosuratlarni o’rganuvchi o’zbek-frantsuz ilmiy markaziga asos bo’ldi. Frantsuz san’at muxlislarini o’zbek san’ati bilan tanishtirish O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlangan. 1994 yilda taniqli o’zbek san’atkorlari turg’un Alimatov va Munojot Yulchieva Parij sahnalarida kontsert berib, frantsuz san’at muxlislari olqishlariga sazovor bo’ldi, Parijda ularning bir necha lazer disklari chiqarildi. «So’g’diyona» ansambli Liondagi milliy konservatoriyada o’z repertuarini ijro etdi. O’zbek xonandasi Matluba Dadaboyeva 1996 yil birinchi marta o’z qo’shiqlarini frantsuz tomoshabinlariga havola etgan bo’lsa, 1997 yilda xalq qo’shiqlari festivalida qatnashdi. 1998 yilda esa Xorazm xalq qo’shiqlari ijrochisi Zuhra Jumaniyozova bilan birgalikda Parijda bo’lib o’tgan «ijodiy fantaziya festivali»da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Kontsert kunlari «musavvir» va «Usto» birlashmalari o’zbek xalq hunarmandchiligi kurgazmasini tashkil etishdi. 2004 yil davomida O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Frantsiyaning yirik shaharlarida o’zbek zamonaviy tasviriy va amaliy san’ati ko’rgazmalarini o’tkazdi. 1996 yil Parijning «katta saroy» muzeyidagi «Buyuk ipak yulida buddaviylik san’ati» ko’rgazmasida O’zbekiston tarixi muzeyi kollektsiyasidan o’rin olgan Buddaning loydan yasalgan haykali namoyish etildi. 1994 yil Mirzo Ulug’bekning 600 yillik yubileyini nishonlash doirasida olimning ilmiy merosiga bag’ishlangan ilmiy anjuman, O’zbekiston san’at ustalarining kontserti o’tkazildi. «Temuriylar san’ati va tarixini urganish hamda o’zbek-frantsuz madaniy aloqalari» assotsiatsiyasining «Temurid» jurnalining maxsus soni Mirzo Ulug’bekka bag’ishlab chiqarildi. 1996 yil Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligi, 1997 yil esa, YUNESKO rahbarligida Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari o’tkazildi. Buxoro va Xiva shaharlari yubileyi tantanalariga «O’zbekiston madaniyati kunlari» ulanib ketdi. Shuningdek, Frantsiyada o’zbek yozuvchilarining, O’zbekistonda frantsuz yozuvchilari asarlarining tarjimalari amalga oshirilib kitoblari nashr etilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun Frantsiya Tashqi ishlar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi dasturni ishlab chiqdi. 2003 yil frantsuz yozuvchisi F. Bressanning Frantsiyada frantsuz tilida nashr etilgan «maftunkor Samarqand» kitobining taqdimoti bo’lib utdi. Toshkentdagi Frantsiya elchixonasida 2002 yildan V. Gyugo nomidagi frantsuz madaniy markazi ishlamoqda. 2004 yil fevralda Parijda «Ibn Sino» uyushmasi tuzildi. 1998 yil apreldan O’zbekistonda «O’zbekiston — Frantsiya» do’stlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Samarqand va Lion, Buxoro va RyuelMalmezon shaharlari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Malika Sharipova, Mirshohid Aslanov.