FRANTSIYA AKADEMIYASI

FRANTSIYA AKADEMIYASI (Akademia Franchise) — Frantsiya milliy madaniyati, fanining yirik vakillari hamda siyosiy arboblari uyushmasi. 1635 yil kardinal A.J. Rishele tomonidan tashkil etilgan. 40 a’zodan iborat doimiy tarkibga ega. Turli davrlarda J.B. Kolber, J. Rasin, P. Kornel, D’Alamber, Volter, Sh. Kondamin, V. Gyugo, L. Paster, A. Frans va boshqalar uning a’zosi bo’lishgan. Asosiy vazifasi — frantsuz tilini takomillashtirish va frantsuz tili lug’atini nashr etishdan iborat. Frantsiya instituti tarkibiga kiradi.