FRANTSIYA-VETNAM URUSHLARI
FRANTSIYA-VETNAM URUSHLARI (19-asr) — Vetnamni Frantsiya tomonidan mustamlaka qilish maqsadida olib borilgan urushlar. 1858-62 yillardagi urush frantsuzlarni Vetnamni mustamlaka qilishlarini boshlab bergan; urushda Ispaniya Frantsiya tomonidan turib qatnashgan. 1862 yildagi Frantsiya—Ispaniya—Vetnam bitimiga ko’ra, Frantsiya Janubiy Vetnamdagi 3 viloyatni olgan. Vetnam, Frantsiya va Ispaniyaga tovon to’lashi lozim bo’lgan. 1883— 84 yillardagi urush bilan Vetnamni bosib olish tugallangan: 1884 yildagi Frantsiya — Vetnam bitimi Frantsiya protektoratligini o’rnatgan.