FRIDRIX I BARBAROSSA
FRIDRIX I BARBAROSSA (Friedrich Barbarossa, aynan — qizil soqolli) (taxminan 1125-90) — Germaniya qiroli (1152 y.dan), Shtaufenlar sulolasidan bo’lgan «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatori (1155 yildan). Shimoliy Italiya shaharlarini tobe ettirishga harakat qilgan, biroq Lenyano jangida (1176) Lombardiya ligasi qo’shinlaridan mag’lubiyatga uchragan.