FRIDRIX II SHTAUFEN
FRIDRIX II SHTAUFEN (Friedrich Staufen) (1194-1250) — Germaniya qiroli (1212 yildan), «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatori (1220 yildan), Sitsiliya qiroli (1197 yildan). Sitsiliya qirolligini markazlashgan davlatga aylantirgan. Papalik va shimoliy Italiya shaharlari bilan kurash olib borgan.