Front, atmosfera fronti

Front, atmosfera fronti — fizik xossasi turlicha bo`lgan ikki havo massasi orasidagi chegara. Front harakat qilayotgan havo massalari orasida gorizont tekisligi bilan 1 darajadan kam burchak ostida kesishadi. Frontning eni bir necha o`n km, balandligi bir necha yuz metr, uzunligi bir necha yuz km bo`ladi. Sovuq havo ustida issiq havo yuqoriga ko`tarilishi natijasida bulutli front sistemalari paydo bo`ladi. Front o`tayotganda joyda ob-havo ozmi-ko`pmi keskin o`zgaradi.