FTORIDLAR

FTORIDLAR — ftorning boshqa elementlar bilan bo’lgan birikmalari. Mendeleyev davriy sistemasi I va II guruh elementlari Ftoridlari element ftor ion bog’li qattiq moddalar; VI va VII guruh elementlarining ko’pchilik Ftoridlari elementftor kovalent bog’li gazlardir; tarkibida uglerod bo’lgan Ftoridlar ftororganik birikmalar sinfini hosil kiladi; ko’pchilik metallar (V, Mo, W, Re va boshqalar)ning yuqori valentli Ftoridlari uchuvchan moddalardir. Ftoridlar tabiatda uchraydi. Galogenlar, inert gazlar, kislorod, azot hamda boshqa ko’pgina yuqori darajada oksidlanadigan elementlarning Ftoridlari — oksidlovchilar; margimush, surma, bor Ftoridlari kuchli kislotalardir. Ftoridlar elementlarga ftor ta’sir ettirib, vodorod ftoridni metallar bilan reaktsiyaga kirishtirib va boshqa usullarda olinadi. Ftoridlardan vodorod ftorid, kislorod Ftoridlari, azot Ftoridlari keng qo’llanadi. Xlor Ftoridlari raketa texnikasida, ftorlovchi agent sifatida, metall qoplamalari, optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi.