FUKO (FOUCAULT) JA BERNAR LEON
FUKO (FOUCAULT) JA BERNAR LEON (1819.18.9 Parij 1868.11.2) frantsuz fizigi. Berlin Fanlar Akademiyasi, London Qirollik jamiyati a’zosi. Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1860). Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1865). Parij rasadxonasi fizigi (1855 yildan). Ilmiy ishlari optika, mexanika va elektromagnetizmga oid. Aylanma ko’zgu usuli (Fuko usuli) ni kashf qildi (1850). Mayatnik (Fuko mayatnigi) yordamida Erning o’z o’qi atrofida aylanishini eksperimental tasdiqdadi (1851). Giroskop ixtiro qildi (1852). Yaxlit metal jismlarning induktsion toklar (Fuko toklari) ta’sirida qizishini anikladi va uni kamaytirish usullarini ko’rsatdi. Birinchi marta shisha ko’zgular yasashning aniq usulini yaratdi (1857), birinchi bo’lib nurlanish va yutilish chiziqlari orasidagi bog’lanishni aniqladi.