FUQAROLARNING HUQUQ VA BURCHLARI
FUQAROLARNING HUQUQ VA BURCHLARI — fuqarolarning Konstitutsiya va qonun hujjatlarida o’z ifodasini topgan asosiy xuquq va burchlari. Ular davlat organlari tomonidan muhofaza etiladi va bajarilishi nazorat kilinadi. O’zbekiston Konstitutsiyasining 2-bo’limida fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari quyidagicha turkumlanadi: 1) Shaxsiy hukuk va erkinliklar; 2) siyosiy huquqlar; 3) Iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning quyidagi burchlari ko’rsatilgan: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga; O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga; atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga; qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar. O’zbekiston Respublikasini himoya qilish — O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar.