FUQAROLIK HOLATI HUJJATLARI

FUQAROLIK HOLATI HUJJATLARI — qonunda belgilangan davlat organlarida qayd etilishi zarur bo’lgan huquqiy dalolatnomalar; ular inson hayotidagi asosiy voqealar bilan bog’liq bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 38-moddasiga ko’ra, quyidagi Fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak: tug’ilish; o’lim; nikoh tuzilganligi; nikohdan ajralish. Shuningdek, farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o’zgartirish, jinsning o’zgartirilishi kabi fuqarolik holatlari yuqoridagi holatlarni belgilovchi hujjatlarga tegishli yozuvlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Fuqarolik holati hujjatlarini shahar va tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) bo’limi yoki mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari ro’yxatga olib boradi. Fuqarolik holatlarini qayd etish yozuvlarini bekor qilish va qayta tiklash FHDYO idoralari tomonidan sud qarorlariga asosan amalga oshiriladi.