FUQAROLIK PROSESSI

FUQAROLIK PROSESSI — (O’zbekiston Respublikasida) sudda fuqarolik ishlarini ko’rish, hal qilish va sud qarorlarini ijro etish bilan bog’liq faoliyat. Fuqarolik prosessual huquqi normalari bilan belgilanadi. Prosessual qonun sud faoliyatini amshtga oshirilishvda manfaatdor shaxslarga ishda ishtirok etish huquqini, ularga qator prosessual huquqyaar berilishini va prosessual burchlar yuklatilishini belgilaydi. Fuqarolik prossesi shaxslarning mulkiy va shaxsiy huquqlarining sud tomonidan himoya qilinishi shakli sifatida ko’riladi. Shu munosabat bilan muayyan fuqarolik prosessual harakatlar qilinadi. Bunday harakatlar sudda fuqarolik ishining taraflari sifatida qatnashuvchilar va ishning boshqa ishtirokchilari tomonidan qilinadigan prosessual harakatlar, shuningdek, fuqarolik ishlari bo’yicha Odil sudlovni amalga oshiruvchi sudning prosessual harakatlaridan iborat bo’ladi. Fuqarolik ishlarini ko’rish va hal qilish bo’yicha bo’ladigan sud faoliyati ma’lum bosqich (qism)larga bo’linib amalga oshiriladi. Fuqarolik prossesining bunday bosqichlari: fuqarolik ishini qo’zg’atishdan, ishni sudda ko’rish uchun tayyorlashdan, ishni sud majlisida ko’rish va hal qilishdan, sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlari yuzasidan shikoyatlar berish va protestlar keltirish, nihoyat sudning hal qiluv qarorlari ijrosidan iborat.