FURASILLIN

FURASILLIN — bakteriyalarga qarshi kuchli ta’sir etuvchi dori. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar (stafilakokklar, streptokokklar, dizenteriya tayokchasi) ga ta’sir qiladi. Suvda kam eriydi, mazasi sal taxir, mayda kristall sariq poroshok. Furasillin eritmasi va mazi yiringli yallimanishlarni (yaralarda, kuyganda va boshqalar) davolashda ishlatiladi. Furasillin ayrim antiseptik preparatlar tarkibiga kiradi.