FURGON
FURGON (Fransuzcha fourgon) — yuk yoki yukyo’lovchi avtomobili va tirkamaning usti yopiq kuzovi. Umumiy ishlarga mo’ljallangan va maxsus xillarga bo’linadi. Maxsus Furgonning ichi muayyan bir yuk turini (masalan, mebel, non mahsulotlari va boshqalar) tashish uchun moslashtirilgan bo’ladi. Furgon korpusi faqat metall (sinchi ham, qoplamasi ham metall) yoki yog’ochmetall (sinchi yog’och, qoplamasi metall) dan yasalishi mumkin. Yukni ortish va tushirish oson bo’lishi uchun Furgonga ikki tavaqali orqa (ba’zan, yon) eshik kilinadi. Kam (1 tonnagacha) yuk tashish uchun mo’ljallangan ixcham Furgonlarning kabinasi yuk kuzovi bilan Birlashgan bo’ladi, lekin Kuzov kabinadan oynavand to’siq bilan ajratiladi.