FUZAR IOZLAR

FUZAR IOZLAR — Fusarium avlodiga mansub takomillashmagan zamburug’lar qo’zg’atadigan o’simliklar kasalligi. Tuproqda va o’simlik qoldig’ida saqlangan zamburug’o’simlikka ildiz tizimi va poyaning pastki qismi orqali kiradi. Zararlangan urug’va ko’chatlar ham kasallik manbai bo’lishi mumkin. Ingichka tolali g’o’za (fuzarioz vilt), kanop, karam, qovoq, mosh, loviya, no’xat, kartoshka, pomidor, baqlajon va boshqa ekinlarning Fuzar iozlar, galla ekinlari va dukkakli don ekinlarini zararlaydigan fuzariozli ildiz chirishi, donli ekinlar boshoqlari Fuzar iozlar, makkajo’xori so’tasi Fuzar iozlar, kuzgi bug’doy, javdar, ko’p yillik qo’ng’irbosh o’tlar Fuzar iozlar yoki oq mog’ori ayniqsa xavfli. Kurash choralari: almashlab ekish, kasallikka chidamli navlarni ekish, o’simlik qoldiqlarini yig’ishtirib olish, urug’likni tozalash, saralash, quritish, qizdirish, dorilash, erga fungisidlar b-n ishlov berish, sog’lom urug’lik va ko’chatlardan foydalanish, fosforkaliy o’g’itlarni ko’p miqdorda qo’llash.