FUZARIUM

FUZARIUM (Fusarium) — takomillashmagan zamburug’lar sinfiga mansub zamburug’lar. 26 turi bor. Jinssiz konidiyalar orqali ko’payadi. Bir yoki bir necha hujayrali oval yoki tuxumsimon shaklli mikrokonidiyalar miseliyida va konidiya hosil qiluvchilarda paydo bo’ladi. Ko’pchilik Fuzariumlar saprofit, tuproqsa va o’simlik qoldiqlarida yashaydi. Ba’zi turlari parazit, o’simliklarda fuzarioz (vilt) kasalligini qo’zg’atadi. Fuzariumning ayrim turlari o’simliklarga yomon ta’sir qiluvchi zaharli modsalar chiqaradi. Bu moddalar bilan zaharlangan o’simliklarni iste’mol qilgan kishilarda septik angina, hayvonlarda esa fuzariotoksikoz kasalligi paydo bo’ladi.