Gabbro

Gabbro (italyancha) — donador kristall tuzilishidagi magmatik tog` jinsi. Asosan dala shpati (kul rang yashil donachalar), avgit (qopa) va shox aldamchi (qora, to`q yashil)dan tarkib topgan. Yaxshi silliqlanadi. Binokorlik va haykaltaroshlikda ishlatiladi. O`zbekistonda Nurota, Hisor, Chotqol-Qurama tog`laridan topilgan. Gabbro–asosiy magmatik tog` jinsi. Yer po`stining 2-5 km chuqurligida magmaning asta sekin sovub, to`liq kristallanishidan hosil bo`ladi.