GABION
GABION (italyancha gabbione — katta katak) — tosh to’ldiriladigan sim to’r yashik; Daryo qirg’oqlarini yuvilib ketishdan asrash, suv oqimini rostlash va mustahkamlash inshootlari qurishda foydalaniladi. Odatda, uzunligi 3-5 metr, eni va balandligi 1 metr atrofida, to’r simining yo’g’onligi 1-6 millimetr bo’ladi. Suvda oqib keladigan toshlar Gabion simlarini qirqib yubormasligi uchun chetlariga yirik toshlar solinadi. Gabionning usti ba’zan tsement bilan suvaladi.