GABROVO
GABROVO — Bolgariyadagi shahar. Yantra daryosining ikkala sohilida, Stara-Planina tog’laridagi Shipka dovoni yaqinida joylashgan. Aholisi 83 ming kishi (1990). Mashinasozlik (to’qimachilik sanoati uchun mashinalar, radioelektronika) sanoati rivojlangan. To’qimachilik, shu jumladan trikotaj va ko’n poyabzal sanoatining yirik markazi. Oziq-ovqat, mebel ishlab chiqarish korxonalari, yumor va satira uy-muzeyi bor. Har yili xalqaro yumor festivallari o’tkaziladi.