GADOLINIT
GADOLINIT (fin kimyogari Yu. Gadolin nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi Y2Fe22+Be2[0(SiO4)]2. Monoklin singoniyali. Kam tarqalgan, prizmatik kristallar, yaxlit donachalar. Rangi qora, qo’ng’ir, ko’kimtir-qora, ba’zan rangsiz. Yaltiroqligi mumsimon. Qattiqligi 6,5—7. Sof og’irligi 4,0—4,7. Topaz, flyuorit, kassiterit, tsirkon, granat, ortit, fergusonit minerallari bilan birga uchraydi. O’zbekistonda Gadolinit Chatqol-Qurama tog’laridagi granitoidlar va pegmatitlar, G’arbiy O’zbekistondagi rudali skarnlar (ingichka)da uchraydi. Gadolinit konlari Rossiyada Kola yarim orolida (Keyvi), Italiyada (Baveno), Norvegiyada (Iveland) va AQShda (Lyako) topilgan. Berilliy va ittriy olinadigan ruda.