G’AFUROV ASHIR

G’AFUROV ASHIR (1876-1941) — yog’och o’ymakori, naqqosh. G’afurov ijodida islimiy naqsh, choka pardozni keng qo’llagan, zaminni chekma usulida bezagan; dilali o’yma eshik va darvozalar ustasi sifatida tanilgan. O’zbekiston xalq xo’jaligi ko’rgazmasi (hozirgi Badiiy ko’rgazmalar direktsiyasi binosi)ga 2 tabaqali eshikni tayyorlashda qatnashgan, eshik dilalari va atrofidagi hoshiya naqshlarni ishlagan (naqshlar orasida imzosi bor).