GAGALAR

GAGALAR (Somateria) — g’ozsimonlar turkumining o’rdaksimonlar oilasiga mansub qushlar urug’i. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerikada yashaydigan yirik dengiz o’rdaklari; 4 turi mavjud. Boshi katta, bo’yni qisqa, tumshug’i keng va kalta. Og’irligi 3 kilogrammgacha. Uyasini tundra yoki dengiz oralariga quradi. Koloniyadagi uyalar soni 10 minggacha yetganligi ma’lum. Odatda 4-5 ta tuxum qo’yadi. Modasi 24-27 kun tuxum bosadi. Tuxumdan chiqqan bolalari 1,5—2 sutkadan keyin modasi bilan dengizga tushib ketadi. Oddiy Gagalar (S. mollssima)HHHr yumshoq parlari issiqlik saqlash xususiyatiga ega. Har bir uyada 18-20 g toza par bo’ladi. Gagalar parlarini yig’ish qadimdan ma’lum. Gagalar tuxumlarini yig’ish, pari uchun ko’plab ovlash natijasida 20-asr boshlarida soni kamayib ketgan edi. Himoya choralari ko’rilishi munosabati bilan soni va areali tiklandi. Ko’zoynakli Gaga (S. fischeri), tog’ Gagasi (S. spectabilis), kichik yoki Sibir Gagasi (Polysticta stelleri) koloniya bo’lib ko’paymaydi. Gagalar dengiz umurtqasizlari, mollyuskalari bilan oziqlanadi.Oddiy Gaga (nari va modasi).