GAGAT

GAGAT (Yunoncha gagates — qora qahrabo) — toshko’mirning to’q qora, o’ta yaltiroq turi. Qayishqoq. Sinish yuzasi chig’anoqsimon. Qattiqligi 3-3,5. Sosf og’irligi 1,3—1,4. Dengiz loyqalari ostida ko’milib qolgan daraxt qoldiqlarining metamorfizmga uchrashidan hosil bo’ladi. Mezozoy va kaynozoy yotqiziqparida ko’pincha sof holda, ba’zan qumtosh, mergel, bir oz o’zgargan toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir qatlamlari orasida uyum yoki bo’laklar shaklida uchraydi. Gagat oson jilolanadi. Sharq mamlakatlarida mayda zargarlik buyumlari (munchoq, tasbeh va boshqalar) tayyorlashda ishlatiladi.