GAHCHILIK

GAHCHILIK — biror metall tar- kibidagi boshqa metallni (odatda, ol- tindan mis yoki boshqa metallni, ku- mushdan qalayini) ajratib olish kasbi, qadimda zargarlikning bir sohasi. G. b-n shug’ullanuvchi usta gahchi deb yuritil- gan. O’tmishda zargarlar oltin, kumush, qalayi, qo’rg’oshin, mis, jez kabi me- tallarni bolgalab, egovlab, eritib yoki qiyib turli zargarlik buyumlari yasa- ganlarida ularning g’ash (erga to’kilgan va ko’radagi kulga erib tushgan zarra) larini gahchilarga sotganlar. Gahchilar esa ularni suvda yuvib, kul va tuproqdan, shuningdek bir-biridan ajratib olgan- lar. O’zbek zargarlari hali artellarga uyushmagan davrlarda g. keng tarqalgan. Hozir zargarlik korxonalarida biror metalldan boshqa metallni ajratish ki- myoviy usulda bajariladi.