Gaiti

Gaiti (Haiti), Gaiti Respublikasi (Republigued’Haiti) — Vest-Indiyadagi davlat. Katta Antil o.lari guruhidagi Gaiti o.ning garbiy qismini va bir qancha mayda orollar, jumladan Gonav va Tortyu o.larini o’z ichiga oladi. Mayd. 27,8 ming km2. Aholisi 7,3 mln. Kishi (2000). Poytaxti — Port-o-Prens sh. Ma’muriy jihatdan 9 Depar-tamentga, departamentlar okruglarga, okruglar esa jamoa (kommuna)larga bo’linadi. Davlat tuzumya. G.— respublika. 1987 y. 29 martdagi referendumda ma’qullangan Konstitusiya amal kiladi. Davlat boshlig’i — prezident. U umumiy to’g’ri yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Yangi muddatga takror saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy Assambleya (ikki palatali parlament). Ijroiya hokimiyat prezidentga va bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishlidir. Tabiatn. Relefi tog’li, hududi asosan bo’r davri va paleogen-neogen jinslardan tarkib topgan. Bu jinslar orasida yirik alyuminiy rudasi konlari bor. Iqlimi — tropik passat iqlim. Urtacha oylik t-ra 22-28°, yog’in shamolga ro’para yon bag’irlarda yiliga 2000 mm dan ko’proq, shamolga teskari yon bag’irlarda va botiklarda 500-800 mm. Kema qatnaydigan yirik daryosi — Artibonit. G. Jan.da qimmatbaho daraxtli o’rmonlar ko’p. Artibonit daryosi vodiysida sertikan butazor va kaktuszorlar bor. Milliy bog’i — La-Sigadel. Aholisnning 99% dan ko’prog’i — gaitilar. 16-18-a.larda Afrikadan keltirilgan qullarning avlodlaridir (90% negrlar, qolganlari mulatlar). Aholining 30,3% shaharlarda yashaydi. Davlat tili — frantsuz tili, lekin aholining deyarli hammasi Gaiti kreol tilida gaplashadi. Rasmiy din — katolik dini. Yirik shaharlari — Port-oprens, kap-Aiten, Gonaiv, Leke. Tarixi. 15-a. oxirigacha bu orolda indeys qabilalari yashagan. 1492 y. X. Kolumb ekspedisiyasi Orolni kashf etib, uni espanola deb atagan. 17-a.da Sankristobal o.ga (Gaiti o. yaqinida) joylashib olgan frantsuz qaroqchi avantyuristlari sekin-asta Espanolaning g’arbiy kismini egallagan. 17-a. oxiridan g. Frantsiyaga qaram hududga aylanib, San-Domingo deb atalgan. Mahalliy xalq oq tanlilar b-n teng huquqqa ega bo’lish maqsadida 1791 y. qo’zg’olon ko’tardi. Frantsiya mustamlakachilariga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon rahbari F. D. Tussen-L uvertyur uzoq muddatli janglardan so’ng oroldan frantsuz, shuningdek ingliz va ispan mustamlakachilarini ham quvib chiqardi. 1801 y. San-Domingoda quldorlik bekor qilindi, shu yili Assambleya chaqirildi, Konstitusiya qabul qilinib, F. D. Tussen — L uvertyur San-Domingoning umrbod hokimi kilib saylandi. 1802 y. Frantsiya Orolni o’ziga qaratishga harakat qilib ko’rdi. Ammo 1803 y. Verte yaqinidagi jangda mag’lubiyatga uchradi. 1804 y. 1 yanv.da Mustaqillik deklarasiyasi e’lon qilindi. Lotin Amerikasida birinchi bo’lib mustaqillikka erishgan bu davlat yana o’z nomi b-n Gaiti deb ataddi. 1806 y.gi Konstitusiyaga binoan, g. respublika deb e’lon qilindi. 1822 y. orolning Sharqiy (ispan) qismi g.ga qo’shib olindi. G.ning Sharqiy (sobiq ispan) qismi 1844 y. ajrab chiqib, mustaqil davlat — Dominikana Respublikasi tuzildi. 19-a. oxiridan g.ga AQSh kapitali kirib kela boshladi. 1915 y. sent. Da imzolangan bitimga muvofiq AQSh g. moliyasini o’z nazoratiga olib, mamlakatni AQSh protektoratiga aylantirdi. Mamlakatda avj olgan milliy ozodlik harakati oqibatida AQSh 1934 y.da g.dan o’z askarlarini olib chiqdi. 2-jahon urushi davrida g. AQSh ning harbiy va xom ashyo ta’minoti bazasiga aylandi. 1957 y. okt. saylovi natijasida hokimiyat tepasiga diktator F. Dyuvale keldi. U barcha ilg’or tashkilotlarni taqiqladi. 1964 y. Dyuvale o’zini «umrbod prezident» va «Gaiti millatining otasi» deb e’lon qiddi. U va uning sulolasi 1986 y. boshlarigacha mamlakatni boshqardi. Diktatura ag’darilgach, mamlakatdagi siyosiy holat beqaror bo’lib turdi. 1990 y.da saylangan prezident J. B. Aristid 1991 y. sent. harbiy to’ntarish natijasida lavozimidan chetlatilib, mamlakatdan haydab yuborildi; 1994 y.da u yana lavozimiga tiklandi. 1995— 2000 y.larda mamlakat prezidenti Rene Preval, 2000 y.dan yana J.B. Aristid. G.— 1945 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 1 yanv. — Mustaqillik kuni (1804). Snyosiy partiyalarn va kasaba uyushmalarn. G.da demokratiyani tiklash harakati, 1986 y.da tuzilgan partiya; demokratiya va o’zgarishlar milliy fronti, 1990 y. tuzilgan; g. kommunistlari Birlashgan partiyasi, 1968 y. tashkil etilgan; «Lavalyas Famiy» partiyasi, 1996 y. tuzilgan; inqilobiy ilg’or milliy partiya, 1986 y. tashkil etilgan; g. Xristiandemokratik partiyasi, 1978 y. tuzilgan; G. mehnatkashlari Muxtor kasaba markazi, 1980 y. tuzilgan; g. ishchilari milliy Ittifoqi, 1951 y. tashkil etilgan. Xujaligi. G.— Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan eng qoloq mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi 34%, sanoatning ulushi 13,2% ni tashkil etadi. Q. x.da asosiy ekin — kofe; agava, shakarqamish, paxta, tsitrus ekinlar, banan, makkajo’xori, sholi, tamaki ham ekiladi. Tog’larida yaylov chorvachiligi rivojlangan; qoramol, echki, qo’y boqiladi. Dengiz jonivorlari ovlanadi. Tog’larda qimmatbaho yog’och tayyorlanadi. Energetika chetdan keltiriladigan neft asosida ishlaydi. Bir yilda ishlab chiqariladigan elektr energiya 359 mln. kVt-soat. Er osti boyliklaridan boksit, mis qazib chiqariladi. Oziqovqat va engil sanoat korxonalari, qandshakar z-dlari, sizal (agava yaprog’idan olinadigan lub tola)ni dastlabki ishlash f-kalari, sovungarlik, sholi oqlash va b. korxonalar bor. Poytaxt yaqinida dori-darmon ishlab chiqaruvchi farmasevtika z-Di, tsement korxonalari joylashgan. Miragon yaqinida glinozyom, alyuminiy oksidi z-Di bor. Asosiy sanoat markazi va dengiz porti — Port-oprens sh. T.y.lar uz.— 376 km, avtomobil yo’llari uz.— 4 ming km ga yaqin, jumladan qattiq qoplamali yo’llar — 1,5 ming km. Xalqaro aeroporti bor. Chetga, asosan kofe, boksit, sizal va qand chiqariladi. Chetdan neft mahsulotlari, gazlama, oziq-ovqat, turli mashinalar keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozi — AQSh. Pul birligi — gurd. Maorifn, madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasalari. G.da 7-12 yoshdagi bolalar uchun pulsiz majburiy boshlang’ich ta’lim joriy qilingan bo’lsada, aholining ko’pchiligi (62%) savodsiz. 6 y.lik boshlang’ich, 7 y.lik o’rta maktablar, 3 y.lik hunar-texnika, q.x. bilim yurtlari va b. maktablar, bir qancha kollejlar bor. 3-6 yoshli bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalarining aksariyati xususiydir. Port-o-Prensda un-t va 3 oliy texnika maktabi, Milliy kutubxona (1940), Milliy muzey (1938), g. xalqlari muzeyi (1949), badiiy markaz (1944) bor. I. t. muassasalarining asosiy qismi un-t tarkibida. Etakchi i.t. muassasalari: ijtimoiy fanlar sohasidagi tadqiqot markazi, etnologiya, endokrinologiya in-tlari. Mamlakatdagi ilmiy ishlarga ilmiy tadqiqotlar milliy kengashi umumiy rahbarlik qiladi. Matbuoti, radioeshittirshpi va teleko’rsatuvi. G.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: «Maten» («Tong», kundalik gaz., 1908 y.dan), «moniter» («murabbiy», haftada 2 marta chiqadigan rasmiy gaz.), «Nuvellist» («Xabarchi», kundalik kechki gaz., 1898 y.dan), «Bukan» («gulxan», onda-sonda chiqadigan gaz., 1969 y.dan); g. matbuot agentligi — gap hukumat axborot agentligidir (1981 y.da tuzilgan). Milliy aloqa kengashi radio-eshittirish xizmati hisoblanadi (1969 y. tashkil etilgan). Mamlakatda 33 radio va 5 telest-ya bor. Jumladan, G. Milliy radiosi, «radio Anti-Inter», «radio Metropol» radiostyalari, «Gaiti milliy teleko’rsatuvi» hukumat xizmati, g. teleko’rsatuvi tijorat xizmati mavjud. Adabiyoti (frantsuz tilida). Folklori — da indeys va G’arbiy Afrika adabiyotining ta’siri bor. 18-19-a.lar adabiyotida g. xalqlarining mustaqillik uchun kurashio’zaksinitopdi.G.mustaqillikka erishgandan so’ng poeziya va dramaturgiya, keyinroq frantsuz adabiy oqimlari ta’sirida romanchilik, publisistika rivojlandi. Milliy ozodlik harakatining kuchayishi (1915-34) natijasida J. Rumen, J. Brier, E. Rumer, R. Kamil kabi shoir va yozuvchilar ijodida milliy iftixor, ijtimoiy noroziliklar yangicha mazmun va uslubda, qahramonona obrazlarda talqin etildi. J. Sineas, T. Filipp, Per Marseley ijodida oddiy mehnatkashlar hayoti aks etdi. 2-jahon urushidan so’ng adabiy jarayonda yuksalish yuz berdi. «Qora ruda» (1956), «Dengiz hayvonining kundaligi» (1964) she’riy to’plamlari (R. Depestr), «shudring egalari» (J. Rumen), «Tangri kulgusi» (E. Sent-Aman), «nafrat urug’i» (A. Lyospes), «ko’z ochib yumguncha» (J. S. Aleksis) romanlarida muxim ijtimoiy muammolar qalamga olindi. Me’morligi va tasviriy san’ati. G. da indeyslarning qad. madaniyat namunalari — qo’dda ishlangan turli sopol shakllar saqlangan. 1808-16 y.larda Kap-Aiten yaqinida La-ferer qal’asi va 18-a. frantsuz saroylariga o’xshash San-Susi saroyi, 1920-y.larda esa Porto-Prensda Milliy saroy kurildi. Negr va mulatlarning xalq ijodi (yog’och niqoblar, devoriy rasmlar) g. hayoti va tabiatini sevib, uni sodda, biroq rangdor rasmlari b-n tasvirlovchi mustaqil o’qib o’rgangan rassomlar (F. Oben, E. Ippolit, L. Puasson) ijodiga asos bo’ldi. Yog’och o’ymakorlari (Sh. Normil, A. Lafontan) negrlar hayotidan turli manzaralar yaratganlar.