GAITILAR

GAITILAR — xalq, Gaitining asosiy aholisi (6,6 million kishi). Shuningdek Dominikana Respublikasi, AQSh, Kuba, Bagama orollarida ham yashaydilar. Umumiy soni 7,2 million kishi (1992). Kreollashgan frantsuz tilida so’zlashadilar (Gaiti kreol tili). Dindorlari — katoliklar, shuningdek sinkretik «suv»ga sig’inuvchilar ham bor.