Galaktik tumanliklar
Galaktik tumanliklar — Galaktika tarkibiga kiradigan gaz, chang yoki gaz-chang bulutlari. Shakliga qarab, diffuz, planetar, o’ta yangi yulduzlarning portlashi qoddiqlari va b. xillarga bo’linadi. Diffuz tumanliklar Galaktika umumiy gazchang qatlamining bir qismi. Emission, nurlanuvchi (nur qaytaruvchi) va qora (xira) g.t. farq qilinadi. Emission G.t. bir yoki bir necha qo’shni qaynoq yulduzlarning ultrabinafsha nurlanishi (lyuminessentsiya) ta’sirida porlab ko’rinadi. Bundam G. t. t-rasi 800 K, zichligi 10″23-10-21 g/sm3, massasi — birdan bir necha o’n Quyosh massasi (Ms)ra teng. Nurlanuvchi G. t.ning nurlanishi qaynoqligi pastroq qo’shni yulduzlarning yorug’lik sochishi b-n bog’liq. Qora (xira) g.t. Somon yo’li yoki nurlanuvchi g.t. fonida ko’rinadi. Qora tumanlik b-n nurlanuvchi tumanlik orasidagi farq shuki, qora tumanlik yaqinida yoritilgan yulduzlar bo’lmaydi. Qora tumanlik t-rasi 5-50 K, zichligi 102-104 mol/sm3, massasi — 103— 104 MV. Ba’zan bu uch tur tumanliklar birgalikda uchraydi. Planetar G.t. halqasimon yoki amorf tumanlik bo’lib, markazida o’zak (t-rasi 50-100 ming K bo’lgan yulduz) joylashgan. Ana shu o’zak tumanlikning lyuminessent nurlanishiga sabab bo’ladi. Ularning t-rasi 10-20 ming K, zichligi har sm3 da mingdan o’nlarcha ming atomgacha, massasi 0,1 Me chamasida. Bu tumanliklar va ularning o’zaklari kizil gigantlarning evolyusiyasi jaraenida hosil bo’ladi. O’ta yangi yulduzlarning portlashi qoldiqpari ingichka tolasimon emission tumanliklar bo’lib, o’ta yangi yulduzning portlashi natijasida vujudga keladi. Bu tumanliklar sinxrotron radionurlanish va issiqlik spektrli mayin rentgen nurlanish manbai hisoblanadi. Tumanlik ichida ba’zan pulsar, ya’ni portlagan yulduz qoldig’i kuzatiladi.