GALAKTIKA

GALAKTIKA (Yunoncha Galaktikos — sutli, sutsimon) — umumiy o’zaro torti-shish kuchi bilan bog’langan hamda Quyoshni ham o’z ichiga olgan 200 milliarddan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi. Galaktikada yulduzlardan tashqari yulduzlararo muhit — gaz, chang va turli mayda kosmik zarralar ham bor. Umumiy ko’rinishi jihatidan mashhur Andromeda tumanligi bilan deyarli bir xil, o’lchami jihatdan esa undan sezilarli farq qiladi. Diametri taxminan 30 ming parsek (PK); 1 PK=206264,8 astronomik birlik (a.b.)=3,2615 yorug’lik yili (yo.y.)=30,856- 1015 m; umumiy massasi taxminan 2-1041 kilogramm (10y ta Quyosh massasiga teng). Quyoshga yaqin atrofda zichligi ~4-10″21 kg/m3. Galaktikaning o’zbek tilidagi nomi somon yo’li, chunki qadimdan yulduzlar ma’lum bir tekislikka (Galaktika ekvatoriga) nisbatan zich joylashib olganligi kuzatilgan bo’lib, ota-bobolarimiz uni arava ketidan to’kilib borgan somondan hosil bo’lgan yo’lga, yunonlar esa erga to’kilgan sutga o’xshatganlar. Yunon faylasufi Demokrit somon yo’li son-sanoqsiz yulduzlardan iborat deb taxmin qilgan edi. Shunday ekanligini birinchi bo’lib G. Galiley isbotladi (1610). Ingliz astronomi V. Gershel 18-asrda Galaktikani izchil o’rgana boshladi. Keyinchalik uni jahondagi ko’p olimlar o’rganishdi va g.ning yangi-yangi qirralarini aniqlashdi. O’zbekistonda Galaktikaga doir masalalar asosan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida va O’zbekiston Milliy universiteti astronomiya kafedrasida o’rganiladi. Galaktika massasining 97% ini yulduzlar tashkil etadi. Somon yo’li markazi Galaktika o’zagida bo’lib, Galaktika uning atrofida differentsial tarzda aylanish xususiyatiga ega. Galaktika aylanish o’qi somon yo’li tekisligiga perpendikulyar bo’lib,uning shimoli qugbiveronika sochlari yulduz turkumi yo’nalishida, Janub qutbi esa Haykaltarosh yulduz turkumida joylashgan. Galaktika o’zagidan Quyoshgacha bo’lgan masofa 32,6 ming yo. y.=30,85610″m ga teng. Quyosh sistemasi Somon yo’li markazi atrofida 250 km/ sek tezlik bilan harakat qilib, 230 million yil ichida bir marta to’la aylanib chiqdi. Quyosh sistemasi Galaktikaning ekvatorial tekisligidan atigi 66,22-1013 kilometrga teng masofada yotadi. Bu masofa Galaktikamiz o’rtacha qalinligidan taxminan 150 marta kichik. Galaktikaning optik diapazonda ko’rinadigan qismiga yon tomondan qaralganda u cho’zinchoq, yupqa linza shakliga ega. Uning diametri bo’yicha joylashgan asosiy massa somon yo’lini tashkil qiladi. Galaktika tuzilishiga doyr tadqiqotlar elektromagnit nurlanish spektrining barcha diapazonlarida olib boriladi. Galaktikamizda infraqizil nurlar, rentgen nurlari va hatto gammanurlar manbalari topildi. Galaktika tarkibi, massasi va boshqa parametrlari bo’yicha u turlicha alohida komponentlar — o’zak, disk, balj, galo va tojdan iborat ekan. Geometrik va kinematic jihatlaridan disk va galo bir-biridan keskin farq qiladi. Diskning yoshi galo yoshidan kamida 2 marta kichik. Yulduzlarning fizik xarakteristikalari nuqtai nazaridan va tarkibi jihatidan esa Galaktika asosan ikkita tashkil etuvchi to’plamlarga bo’linadi. I tur yulduz to’plamiga eng yosh, qaynoq yudduzlar, o’ta gigantlar, uzun davrli tsefeidalar, yangi va o’ta yangi yulduzlar, gaz-chang moddalari hamda yulduzlarning tarqoqsimon to’dalari kiradi. Bu to’plam ob’yektlari faqat somon yo’lida, uning simmetriya tekisligi va yaqin atrofida . joylashib, Galaktikaning boshqa joylarida, xususan, o’zak yoki galo kismlarida umuman kuzatilmaydi. Ularni tekislik tashkil etuvchi qism ob’yektlari ham deyiladi. I tur to’plamidagi yudduzlar somon yo’li tekisligida spiralsimon tarmoqlar chizib joylashgan. Aynan shu sababli bizning Galaktika spiral galaktikalar sinfiga kiradi. II tur yulduz to’plamiga qisqa davrli tsefeidalar, subkarlik, qizil gigant kabi yulduzlar hamda yulduzlarning sharsimon to’dalari kiradi. Ular, asosan, Galaktikaning sfera tashkil etuvchi qismidan joy olgan. Bu to’plamdagi yulduzlarning Galaktika simmetriya tekisligiga nisbatan tezliklar dispersiyasi qiymati I tur to’plamdagi yulduzlarnikidan ancha katta. Buning sababi Galaktikamiz kelib chiqishi va evolyusiyasi bilan bog’liq. II tur ob’yektlari bor erda I tur to’plamidan birorta ob’ekt kuzatilmaydi va, aksincha, II tur ob’yektlari tekislik tashkil etuvchi qismida ko’rinmaydi. Ushbu dalil Galaktikamiz sferik shakldagi gazeimon ulkan bulutning gravitatsion sikilishi natijasida paydo bo’lganligini, hozirgi tuzilishi esa avval sfera tashkil etuvchi qism yulduzlari vujudga kelganligini ko’rsatadi. Galaktika markazi qavs yulduzlar turkumida joylashgan. U ko’proq changdan iborat qalin qatlam bilan o’ralgan. Galaktika markazining yorqinligi 1042 erg/s. O’zak, asosan, qizil gigantlar, quyi spectral sinflarning mitti yudduzlaridan iborat. Galaktikamiz o’zagi va somon yo’li qismi bir qarashda tinch, sokin bo’lib ko’rinadi. Aslida esa ularda tinimsiz va jo’shqin kechayotgan turli fizik jarayonlar, jumladan, yulduzlar portlashi, gaz oqimi uzluksiz ajralib turishi yoki murakkab to’qnashuvlari, yulduzlar kollapega uchrash holatlari, pulsar va qora o’ralarning vujudga kelishi hodisalari kuzatiladi.