Galas
Galas — Ruminiyadagi shahar, Dunay daryosining chap sohilidagi dengiz kemalari kira oladigan port. Galas judesining ma’muriy markazi. Aholisi 307,4 ming kishi (1990). Yilnomalarda 14-a.dan tilga olingan. Xalqaro savdo markazi sifatida 16-a.dan ma’lum. T. y., dengiz, dare, avtomobil va quvur transporta yo’llarining muhim tuguni. Yirik metallurgiya markazi. Metallsozlik va mashinasozlik, jumladan kemasozlik, q. x. mashinasozligi z-dlari, oziq-ovqat sanoati, to’qimachilik, ko’n poyabzal, yog’ochsozlik, qurilish materiallari va lak-bo’yoq korxonalari bor. Chetga q. x. mahsulotlari va yog’och-taxta chiqaradi. G. orqali mamlakatga temir rudasi, koks, paxta, asbob-uskuna va b. keltiriladi. G. baliq sanoati rivojlangan r-nning markazi. Oliy o’quv yurtlari, madaniyat saroyi, muzeylar bor.