GALDAN-CHEREN

GALDAN-CHEREN, Galdan-Tseren (?- 1745) — oyrat xonligining hukmdori (1727-45). 18-a.ning 30-y.larida Xalxa (Shim. Mongoliya) uchun manjurlarning Xitoydagi Tsin sulolasi b-n urushlar olib bordi. G.-Ch.ning maqsadi 1691 y.dan beri manjur sulolasi qo’l ostida bo’lgan Xalxani o’ziga tobe etib mustaqil mongol davlati barpo kilish edi. Ikki tomon o’rtasida tuzilgan sulh bitimi (1739)ga ko’ra, Oltoy tog’lari har ikki davlat o’rtasida chegara deb tan olindi. G.-Ch. 1740-45 y. l ar da hoz. Qozog’iston va O’zbekiston hududlariga bostirib kelgan, biroq Farg’ona vodiysida o’troq aholining qattiq qarshiligiga duch kelgach, chekinishga majbur bo’lgan. G.-Ch. Qorategin (Tojikiston) orqali o’tib, hoz. Afg’onistonning shim. viloyatlarini tala-gan. Tsin hukmdorlari g.-Ch. vafotidan so’ng xonliqdagi ichki nizolardan foydalanib, uning erlariga hujum qiladilar (1755-57) va Amursana boshchiligidagi qo’zg’olonni bostirib (1757), oyrat xonligini tugatadilar. G.-Ch. hukmronligi davrida dehqonchilik, hunarmandchilik (movut to’qish, metal buyumlar ishlash), savdo-sotiq rivojlandi.