Gallat kislota

Gallat kislota, s7n^O5 — 3,4,5-trioksibenzoat kislota, yorug’lik ta’sirida qorayadigan rangsiz kristall modda. Mol. m. 170,11; suyuklanish t-rasi 220° (beqaror modifikasiya), 240° (barqaror modifikasiya, ajralish b-n). Spirtda, qaynoq suvda yaxshi, sovuq suvda, efirda oz eriydi; uch valentli temir tuzlari b-n reaktsiyaga kirishib, ko’k-qora tusga kiradi. Choy, dub po’stlog’i va b. oshlovchi moddali o’simliklar tarkibida bor. Tanninlarni fermentlar yordamida parchalab olinadi. Bo’yoq, pirogallol, dori, qora siyoh i.ch.da qo’llaniladi.