GALLON

GALLON (inglizcha gallon) — ingliz o’lchov tizimida hajm (sig’im, sig’diruvchanlik) birligi. Buyuk Britaniyada 1G=4,54609 dm3, AQShda suyuqlik uchun 1G=3,78543 dm3, quruq jismlar uchun 1G=4,405 dm3. Gallonning ulush birliklari — Pinta va untsiya.