GALMIROLIZ

GALMIROLIZ (Yun. halmuros — sho’r va lusis — parchalanish), suvosti nurashi — birlamchi cho’kindilarning dengiz ostida erishi, oksidlanishi va b. jarayonlar ta’sirida kimyoviy va mineral tarkibining o’zgarishi. Cho’kindi hosil bo’lish tezligi kamaysa suv osti nurashi avj oladi. Bunday hollar dengiz va okeanlarning pelagik zonalarida, suv osti tizma tog’larida kuzatiladi. Faqat dengiz cho’kindilarida vujudga keladigan ba’zi bir minerallar (glaukonit, shamot zit va b.) ning kelib chiqishini, vulkan tuflarining suv ostida o’zgarishi va ulardan bentonitlar va b. gillarning tarkib topishini g. jarayoni b-n bog’laydilar. G. jarayoni tezligi dengiz suvidagi tuz va gazlarning xususiyatiga va cho’kindilarning to’planish sur’atiga qarab aniqlanadi.