Galofillar

Galofillar (Yun. hals — tuz va… fil) — o’ta sho’rlangan muhitda hayot kechiradigan organizmlar. G.ga asosan 30%o dan kam bo’lmagan sho’rlanishda hayot kechiradigan stenogalin dengiz hayvonlari — nurlilar, foraminiferalar, korall poliplar, stsifoid meduzalar, korall riflarida yashovchi hayvonlar — ko’pchilik ninaterililar, boshoyoqli mollyuskalar, bir qancha qisqichbaqasimonlar, ko’p tukli halqali chuvalchanglar va mikroorganizmlar kiradi. G. guruhiga materikdagi sho’rlanish 24%o dan 100%o, hatto 300%o gacha bo’lgan suv havzalarida yashaydigan hayvonlar, mas, qisqichbaqasimonlardan artemiya, qonso’rar chivin (Aedes togoi) qurti va b. kiradi. G. osmoregulyasiya orqali tanasidagi osmatik faol moddalar kontsentrasiyasini doimiy, ya’ni ular yashaydigan dengiz suvidagiga nisbatan past darajada saqlab turadi. Kuchli sho’rlangan va sho’rxok erlarda o’sadigan o’simliklar galofitlar deyiladi.