Galogenlash, galoidlash

Galogenlash, galoidlash — organik moddalarning molekulalariga galogenlar kiritish; tor ma’noda molekulalardagi vodorod yoki boshqa qandaydir bir atom (funktsional guruh) o’rniga galogen atomi (F, C1, V, J)hh kiritish. Mas, metanga xlor ta’sir ettirilganda metil xlorid hosil bo’ladi: SN4+S12- >SN3S1+NS1. Qo’sh yoki uch bog’li organik birikmalar galogenlarni biriktirib, ko’p galogenli moddalarga aylanishi mumkin: SN=SN+Vg2->Snvg=Snvg.