Gamadril

Gamadril (Papio hamadryas) — maymunlarning bir turi. Tor burunli maymunlar kenja turkumining marta shkalar oilasiga va pavianlar urug’iga mansub. Juni kulrang, erkagida yoping’ichga o’xshagan yoli bor. Shu belgisi b-n boshqa pavianlardan farq qiladi. Bo’yi 1 m cha, dumi kalta. Yuzining junsiz qismi, qulog’i va katta quymich qadog’i qizil. Arabiston ya.o. (Sudan) va Efiopiyada tarqalgan. Tog’bag’ridagi qoyalarda va ochiq tekisliklarda poda bo’lib yashaydi. Qari erkagi podaga boshchilik qiladi. Qad. ajdodi daraxtlarda yashagan. Yil bo’yi urchiydi. Bittadan tug’adi. O’simlik va chumolilar b-n oziqlanadi. Ba’zan bog’larga va ekinlarga ziyon etkazadi. G. qadimdan Misrda muqaddas hayvon hisoblanadi.