GAMILKAR BARKA

GAMILKAR BARKA (Hamilcar Barca) (miloddan avvalgi 285-229) — Karfagen sarkardasi. Gannibamsht otasi. 1-Puni urushi (miloddan avvalgi 264-241)da rimliklar ustidan Sisiliyada bir necha bor g’alaba qozongan (miloddan avvalgi 247-241). Miloddan avvalgi 237-229 yillarda Ispaniyaning Janubiy-g’arbiy qismini zabt etgan, shaharlardan birini qamal qilish paytida halok bo’lgan.