GAMILTON (HAMILTON) UILYAM ROUAN

GAMILTON (HAMILTON) UILYAM ROUAN (1805.4.8, Dublin — 1865.2.9, Dansink) — irland matematigi va mexanigi. Irlandiya Fanlar Akademiyasi prezidenti (1837 yildan), Dublin universiteti astronomiya rasadxonasi professor va direktori (1827 yildan). Kompleks sonlar nazariyasining aniq rasmiy bayonini bergan. O’ziga xos sonlar sistemasi — kvaternionlar deb ataluvchi to’rt birlikli (1, i, j, g) sistemani tuzdi (1843). Shu sistema to’g’risidagi nazariyasi vektorlar analizi taraqqiyotiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Gamilton variatsion usulni (eng kam ta’sir printsipini) mexanikaga tatbiq etdi (rus matematigi M. V. Ostrogradskiy ham mustaqil ravishda aniqlagan). Bu printsip mexanik va fizik jarayonlarning differentsial tenglamalarini keltirib chiqarishda asosiy vositalardan hisoblanadi.