Gamma-astronomiya

Gamma-astronomiya — astronomiyaning kosmik jismlar va yulduzlararo muhitning fizikaviy holatini ularning gamma-nurlanishlari bo’yicha o’rganish b-n shug’ullanadigan bo’limi. Er sun’iy yo’ldoshlari va kosmik kemalar bortiga gamma-nurlarni qayd qiluvchi asboblar o’rnatib, ular vositasida kosmik fazoni tekshirish mumkin. Kosmik nurlar (proton va og’ir atom yadrolari) yulduzlararo gaz atomlari yadrolari b-n to’qnashganda kosmik gamma-nurlar hosil bo’ladi. G.-a. gamma-nurlarni hosil qiluvchi zarralarning kosmik fazoda tarqalishini o’rganadi, yulduzlararo muhitdagi gazlar zichligini aniklaydi. Kuzatishlarga ko’ra 1 m2 yuzaga 1 s da energiyasi 50 MeV dan ortiq bo’lgan 10 ta foton tushadi. Quyoshda portlash yuz berganda energiyasi 0,5 MeV li nurlar hosil bo’lishi ham aniklandi. G.-a. sohasidagi tadqiqotlar kosmologiyada (galaktikalararo qaynoq gazlarni kuzatish), kvazarlar, neytron yulduzlar, galaktika va galaktikadan tashkari rentgen va gammanurlanishlar diskret manbalari tabiatini o’rganishda muhim.