GAMMA-DEFEKTOSKOPIYA

GAMMA-DEFEKTOSKOPIYA — buyumlarning ichki nuqsonlarini gamma-nurlar yordamida aniqlash usuli. Metallar (kobalt, iridiy va boshqalar)ning radioaktiv izotoplari chiqarayotgan gamma-nurlarning yutilishini o’lchashga asoslangan. Gamma-Defektoskopiya bilan ishlayotganda biologik muhofaza zarur.