Gamon, gamonlar

Gamon, gamonlar (Yun. Gamos — nikoh, juftlashuv) — jin- siy hujayralardan chiqadigan va urug’lanishga yordam beradigan moddalar. O’z jinsi va qarama-qarshi jins gameta- lariga maxsus ta’sir ko’rsatib, ularning uchrashuviga, spermatozoidning tuxum hujayraga qo’shilishiga yordam beradi. Urg’ochi gametalar ajratib chiqaradigan moddalar ginogamonlar (Gg), erkaklari ajratadiganlari androgamonlar (Ag) deb ataladi. G. suvo’tlar, zamburug’lar, mollyuskalar, halqali chuvalchanglar, ninaterililar va xordalilarda topil- gan. Ayrim Gg lar spermatozoidlarning harakatini kuchaytirsa, boshqasi sperma- tozoidlarning agglyutinasiyasini kelti- rib chiqaradi. Ba’zi Ag spermatozoid- larning harakatchanligini susaytiradi. Boshqalari tuxum kortikal qatlami va tuxum qobig’ini erituvchi spermatozoid lizinining suyuqlanishiga olib kela- Di. G.lar quyi molekulali birikmalar, oqsillardir.