Gana (Ghana), Gana Respublikasi
Gana (Ghana), Gana Respublikasi (Republic of Chana) — G’arbiy Afrikada, Gvineya qo’ltig’i sohilidagi davlat. Mayd. 238,5 ming km2. Aholisi 18,1 mln. Kishi (1997). Poytaxti — Akkra sh. Ma’muriy jihatdan 10 viloyatga bo’linadi. Davlat tuzumi. G. — respublika. Brita- niya Hamdo’stligi tarkibiga kiradi. Amaddagi Konstitusiyasi 1992 y. 28 apr. dagi referendumda ma’qullangan va 1993 y. 7 yanv.da kuchga kirgan. Davlat boshlig’i — prezident. U tugri umumiy ovoz be- rish yo’li b-n 4 y. muddatga saylanadi va yana bir muddatga qayta saylanishi mum- kin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 200 de- putatdan iborat bir palatali parlament ixtiyorida. Ijroiya hokimiyatni Prezi- dent va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. G. Shim. yarim shar subekvatori- al mintaqasining savanna va nam tropic o’rmonlar doirasida joylashadi. Sohil qismi past, qumli, lagunalar ko’p. Hududining anchagina qismi bal. 150— 300 m li tekislik. Markazida Ashanti (300 m) va Kvaxu (AK-Vava tog’i, 788 m) platolari, sharqida Togo tog’i bor. Iqpimi — ekvatorial-musson, Jan.- g’arbida ekvatorial iqlim. Martning o’rtacha t-rasi 27-32°, avg.niki 23-26°. Yillik yog’in sohilning g’arbi, shim. Va markazda 1000— 2000 mm, sohilning sharqi va Akkrada 650-750 mm. Noyab.— dek.da Sahroi Kabirdan quruq va issiq shamol esib turadi. Daryolar ko’p, Ostona- li, seryomg’ir mavsumda kemalar qatnaydi. Eng katta daryosi — Volta. Bosumtvi (34 km2, chuq. 71 m) g.dagi yagona ko’ldir. May- donining 10%i o’rmon. Qimmatbaho da- raxtlar (Vava, maxagoni, utile, makore va b.), sohilda mangra chakalakzorlari ko’p. Hayvonlardan fil, Arslon, buyvol, Gip- popotam, sirtlon, maymun, kiyik, qushlar, ilon (kobra, mamba), hasharot (tsese pashshasi) va b. bor. Milliy bog’lari — Mole, Ditya va b. Aholnsining 73% i Niger-Kongo tillari guruhiga mansub xalqlardir (Ashanti, fanti, adangme, Eve); shim. Viloyatlarida gur tillari guruhiga kiruvchi xalklar (moey, Gurma, grusi, tem va b.) yashaydi. Davlat tili — ingliz tili. Aholining aksariyati mahalliy dinlarga e’tiqod qiladi, xristianlar, musulmonlar ham bor. Shahar aholisi 33%. Yirik shaharlari — Akkra, Kumasi, tema, Tako- radi, Keyp-kost. Tarixi. Evropaliklar kirib kelmasdan ilgari ham (15-a.) G.da q. x. va madaniyat rivojlangan. Qit’aning ayrim joylari b-n savdo-sotiq qilingan. G.ga dastlab portugallar kelib, juda ko’p oltin (ol- tin ko’pligi uchun bu er Oltin qirg’oq deyila boshlangan) va qul olib ketgan. Keyinchalik ingliz (1553), golland (1595), shved (1640), daniyalik (1642), ne- mis (1682) savdogarlari kelgan. Angliya raqiblarini sekin-asta surib chiqarib. Ashanti va uning atrofidagi xududlarni o’zining mustamlakasi deb e’lon qildi (1901). Inglizlar oltin va olmos tashib keta boshladi. Aholi kakao etishtirishga majbur qilindi. G. xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashi tinimsiz davom etdi. 2-jahon urushidan keyin bu kurash ayniqsa kuch a idi. 1949 y. iyunda tuzilgan Konvent xalq partiyasi g.ga mustaqillik berili- shini talab qiddi. 1956 y. inglizlar ol- tin qirg’oqqa dominionlik berdi. 1957 y. 6 martda Oltin Kfi p-g’oqgana (4-11-a. larda G’arbiy Sudandagi Gana davlati no- midan) nomi b-n mustaqil davlat deb e’- lon qilindi. 1960 y. 1 iyuddan g.—re- spublika. G. 1957 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplomatiya munosabatlarini 1993 y. 28 okt.da o’rnatgan. Milliy bayrami — 6 mart — Mustaqillik kuni. Siyosiy partnyalarm, kasaba uyushmasi. Milliy demokratik Kongress partiyasi, 1992 y. tuzilgan; Xalq milliy Konvent partiyasi, 1992 y. tashkil etilgan; Egle partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; yangi va- tanparvarlik partiyasi, 1992 y.da tash- kil. etilgan. G. kasaba uyushmalari kon- gressi, 1957 y.da asos solingan. Xo’jaligi. G.— agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi 41,4%, sanoatning ulushi 14,2%. Sanoatida kon sanoati ahamiyatli. Foy- Dali qazilmalardan oltin, ol-mos, bok- Sit, marganes rudasi qazib olinadi, Yi- liga o’rtacha 6,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Dengiz sohili lagunalaridan tuz olinadi. Qayta ishlash sanoatida alyuminiy, me- tallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari mavjud. Temada alyuminiy eritish, po’lat quyish, neftni qayta ish- lash, avtomobil shinalarini ta’mir- lash, ximikatlar, bo’yoq tayyorlash z-dlari, to’kimachilik, oziq-ovqat korxonalari b o r . Qishloq xo’jaligi. G. dunyoda etishtiri- ladigan kakaoning 28,0% ini beradi. Eksport uchun yana kofe, kopra (kokos yong’og’i mag’izi), banan, tsitrus mevalar, er yong’oq ham etishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun maniok, yams, batat, Taro, tariq, sorgo, makkajo’xori, sholi, zaytun, sabzavot va b. etishtiriladi. Shakarqamish e kil ad i. Chorvachiligida qoramol, qo’y, echki, cho’chqa boqiladi. Den- gizdan baliqovlanadi. T. y.larning uz.— 1285 km, avtomobil yo’llari — 36,7 ming km. Asosiy dengiz portlari — Tema, Takoradi. G. chetga kakao, yog’och materiallar, mineral xom ashyo (oltin, olmos, boksit, marganes rudasi), turli mahsulotlar chiqaradi. Chetdan mashina va transport vositalari, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki oladi. AQSh, Yaponiya, Buyuk Gana poytaxti — Akkra sh. Britaniya, Germaniya, Niderlandiya b-n savdo qiladi. Pul birligi — Sedi. Maorifi va nlmiy muassasalari. 1961 y.dan 6-15 yoshli bolalar uchun bepul majburiy ta’lim joriy etilgan. Bosh- lang’ich, o’rta maktablar, hunar bilim yurtlari, ped. bilim yurtlari bor. Xusu- siy maktablar ham ochilgan. Oliy o’quv yurtlari: Akkradagi g. un-ti (1948), ku — masidagi aniq va tabiiy fanlar un-ti (1951), Keyp-Kostdagi un-t kolleji (1962) va b. Ilmiy muassasalari: ijti- moiy va tabiiy FA, ilmiy va Industri- al tadqiqotlar kengashi, 10 i. t. institu- ta, 14 ilmiy jamiyat; Milliy kutubxona, G. milliy muzeyi (1957), Milliy tabiiy fanlar muzeyi, Botanika bog’i bor. Matbuoti, radnoeshittnrnshi va teleko’rsatuvn. G.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: «gani-an tayme» («Gana vaqti», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1958 y.dan), «Deyli grefik» («kundalik voqealar», ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1950 y.dan), «Ivning Nyus» («Kechki yangiliklar», haftalik kechki gaz., 1974 y.dan), «Mirror» («ko’zgu», haftalik hukumat gaz., 1953 y.dan), «eks- piriens» («tajriba», xotin-qizlar uchun haftalik gaz., 1991 y.dan). G. axbo- rot agentligi — hukumat axborot Mahkamasi bo’lib, 1957 y.da tashkil etil- gan. G. davlat ra-dioeshittirish korpora- tsiyasi mamlakatdagi barcha radioeshitti- rish va teleko’rsatuvlarni nazorat qiladi. Radio-eshittirishlar 1961 y. dan, teleko’rsatuvlar 1965 y.dan olib bo- r i l a D i . Adabiyoti. G. xalqlarining yozma adabiyoti asrimiz boshlarida ingliz tilida Vu- judga kela boshpadi. A. Axum, E. Samson, A. Ajaye, K. Xeyford, S. D. Mene, G. B. Bannerman, R. E. G. Armattu va b. publi- tsistlarning kitob va maqolalari keng tarqaldi. 20-50-y.larda yaratilgan ada- biy asarlarning asosiy mavzui tarix va etn.ga oid. G. R. Akkuaning «Fanta xalqi» dostoni, J. B. Dan-kvning «uchinchi ayol» pesasi, K. Fiavaning «beshinchi Lagu- na», «anlo tarixining sahifalari» dra- malari va b. asarlari g. xalqlarining milliy birligini tushunish va anglashda katta axamiyatta ega. Shu davrda tarjima adabiyoti ham paydo bo’ldi. 1957 y.dan keyin ijtimoiy va siyosiy mavzularga qo’l urildi. Poeziya, dramaturgiya, proza rivojlandi. Yangi ijtimoiy va siyosiy mavzular vujudga keldi. G. xalqlari boy folklor an’analariga ham ega. Me’morchiligi va tasviriy sav’ati. G.da uy-joy qurilishi qad. an’analar asosi- da rivojlangan (loy-guvalalardan ayla- na va to’rtburchak shaklida ishlanib, to- mini palma shoxi, po’stloq, poxol va shiferlar b-n konusga o’xshash yoki ikki nishabli qilib berkitishgan). Xoz. G.da mahalliy kabila boshliqlarining sa- roylari saqlangan, ular loydan qurilib (bal. 5 m gacha), ustuni va devorlari Geo- metrik o’yma naqshlar b-n bezalgan. AK- kra, Kumasi kabi katta shaharlarda te- Mir-beton, alyuminiy va oynalardan qurilgan zamonaviy ko’p qavatli bino- lardan iborat yangi kvartallar barpo e t i l g a n . G.da zargarlik, kulolchilik, to’quvchilik, yog’ochsozlik, fil suyagi o’ymakorligi urf bo’lgan, oltin, kumush va bronzadan badi- iy buyumlar yasash rivojlangan. Bezak bu- yumlar, yarog’-aslahalar, vazalar ishlana- Di. G.da mustaqillik e’lon qilingach, professional san’at shakllanib, badiiy kurgazmalar tashkil etildi. Zamonaviy san’atkorlar realistik uslubda ijod qila boshladilar (haykaltarosh va ras- som Kofi Antubam, rassomlar E. R. Svi- Ting, A. O. Bartimeus va b., grafikachi J. D. Okae). G.da Madaniyat va san’at in-ti, Achimota (Akkra yaqinida) kolleji qoshidagi badiiy maktab, Kushasida me’- morlik va kurili sh, hunarmandlik MAK- tablari bor. Teatri. Raqs san’ati keng tarqalgan. Barcha tomoshalar raqssiz o’tmaydi. Asri- mizning 20-y.larida g.da ko’chma kontsert guruxlari vujudga keldi. 1962 y. G. un-ti qoshida musiqa va drama maktabi tash- kil etildi (raqs f-ti ham bor). Xalq raqs ansambli tuzildi (1962). 1958 y. shoira E. Sazerlend tashkil qilgan dra- ma studiyasi 1963 i. un-tga qo’shilib, musiqa va drama maktabi b-n xamkorlik- da «Shoh Edip» (Sofokl), «Hamlet» (Shekspir)ni sahnalashtirdi. Rej. F. Morisso-Lerua «teatr-klub» truppasi- ni (1961), Milliy drama jamiyatining yarim professional jamoasi (1965)ni tuzdi. G.da A. Bukananing xususiy trup- pasi, «o’yinlar uyi» yarim professional teatri mahshur. Kinosi. Dastlabki badiiy filmi — «Ozodlik keldi» (nigeriyalik kinema- tografchilar b-n hamkorlikda 1967 y.da yaratilgan). 1963 y.da kinostudiya qurildi, davlat kino korporasiyasi tu- zildi. (1968), «o’z ishingdan qolma» (1971) va b. filmlar yaratildi.